O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi namangan Davlat Universiteti


(8-rasm). Hasharotlarqanotining ishlash sxemasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə12/14
tarix15.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#115916
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
hasharot

(8-rasm). Hasharotlarqanotining ishlash sxemasi.

A - qanot ko'tari'gan; В - qanot tushirilgan: 1 - tcrgit, 2 - qanot, 3 - ustun, 4 - yon plastinka, 5 -dorzoventral muskul, 6 - bo'ylama muskul, 7 - oyoqlarning asosiy bo'g'imi.

Tergitlar tushganida qanotlarning qisqa yelkasi bosib, ko'tarish plastinkasi yuqoriga ko'tariladi. Tergit ko'tarilganida esa qanotlarning plastinkasi pastga tushadi. Qanotlardagi bir qancha kichikroq muskullar hasharotlarning o'z tana o'qi atrofida burilishi uchun xizmat qiladi. Yirikroq hasharotlar(kapalaklar) qanotlarini bir sekund ichida 5-10 marta, mayda chivinlar 500-600 marta, juda mayda zaxkash chivinlar esa 1000 martagacha tebrantiradi.Ko'pchilik hasharotlarning oldingi va keyingi juft qanotlari bir xilda rivojlanmagan. Faqat tuban tuzilgan hasharotlar, masalan, ninachilarning qanotlari deyarli bit xil kattalikda bo'ladi. To’g'ri qanotlilarning oldingi qanoti birmuncha dag'allashgan. Qo'ng'izlarning oldingi qanoti qalin va qattiq, ustki qanot - elitrani hosil qiladi. Ustki qanot ostki pardasimon qanotni muhofaza qilib turadi. Qandalalarda ustki qanotning asosiy qismi qattiqlashgan, shu sababdan ular chala qattiqqanotlilar deb ataladi. Ikki qanotlilarning keyingi orqa juft qanotlari reduksiyaga uchragan, qanot qoldiqlari esa ovoz chiqarish vazifasini bajaradi. Ayrim hasharotlar (burgalar, bitlar) ning qanotlari parazit yashash ta'sirida butunlay yo'qolib ketgan. Tuban hasharotlarda qanot rivojlanmagan.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin