24
Ichki shakl asosida yuzaga kelgan assotsiatsiyalar va ma`noviy bo`yoqlar,
konnotatsiyalar denotatdan ko`ra milliy-madaniy o`ziga xoslikka ega.
7. Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri turli tillarning
uslubiy tarmoqlaridir, ular turli shakllarda yuzaga keladi.
Ayrim tillarda dialektal
farqlar kuchli bo`lsa, ayrim tillarda shevalar o`rtasida farqlar uncha sezilmaydi;
ayrim tillar uslubiy farqlanish endigina boshlangan bo`lsa, ayrimlarida bu masala
ancha chuqur va keng.
Adabiy til va noadabiy til qatlamlari shakllari jamiyatning madaniy tarixi har
bir bosqichini aniqlab beradi: yozuv tarixi,
maktab tahlimi, adabiyoti,
dunyoqarashi, uning madaniy-g`oyaviy simpatiyalari singari.
Xalq madaniyatining me`yoriy-uslubiy tarmoqlarga ta`siri uning lug`at
tarkibiga ta`siriga nisbatan bilvosita va chuqur munosabatlarga ega.
8. Nutq madaniyati ham lingvokulturologiyaning muhim predmetlaridan
biridir. A.A.Leontyev yozadi: «Nutqiy muloqotning milliy-madaniy o`ziga xosligi
mazkur jamiyatda muloqotning usullari,
funktsiyalari, tashkillanishidagi farqlar,
omillar tizimi haqidagi tasavvurlarimiz bilan bog`liq. Bu omillar jamoaning
Shakllanishining turli bosqichlariga asoslanadi, turlicha tabiatga ega bo`ladi, biroq
jarayonda o`zaro bog`oliq ravishda ishtirok etadilar. Bu omillar asosan lioniy,
psixolingvistik va umumpsixologik omillardir». Shuningdek, A.A.Leontyev
quyidagi omillarni ajratib ko`rsatadi:
1) madaniy an`analar bilan bog`liq omillar (muloqotning ruxsat etilgan va
tahqiqlangan tiplari va shakllari, shuningdek, muloqotning stereotipli shakllari)
2) ijtimoiy holat va muloqotning ijtimoiy vazifalari bilan bog`liq omillar
(maxsus ishlatiladigan «til»chalar, muloqotning etiket shakllari);
3) etnopsixologiya bilan tor ma`noda bog`liq bo`lgan omillar (turlicha faoliyat
turlari va ruhiy jarayonlar vositasida);
4) denotatsiyaning xos xususiyatlari bilan bog`liq omillar;
5) mazkur jamoa tilining xos xususiyatlari bilan bog`liq omillar;
Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, har bir madaniyatda insonlar o`zlarining
ijtimoiy roliga qarab muloqot jarayonida o`zini qanday
tutish tasavvurlari orqali
axloqlarini nazorat qilib boradilar.
9. Muloqot xulqi ham lingvokulturologiyaning muhim predmetlaridan biridir
(Formanovskaya). Bu tushunchani O.Mandelg`shtam «madaniy yoqimlilik ijod
qilish» deb ataydi.
Muloqot xulqi – bu insonlar nutq madaniyatining ijtimoiy buyurtirilgan va
madaniy-spetsifik qoidalari bo`lib, insonlarning ijtimoiy va ruhiy mavqei,
rasmiy
va norasmiy muloqot sharoitlaridagi roli va shaxsiy munosabatlari bilan bog`liq
bo`ladi. E.Bernning fikricha, muloqot xulqi – muloqotning milliy-madaniy tarkibiy
qismidir. Axloqiy munosabatlar – universaliya hisoblanib, ularning yuzaga chiqishi
milliy xoslangan bo`ladi. Shu tufayli ham lingvokulturologiyada o`rganiladi.
Muloqot xulqi standart va stereotip shaklda ko`rinib, yopiq sistemaga o`xshasa
ham, muloqot xulqining buzilishi inson va insoniyat uchun ko`zda tutilmagan
oqibatlarni olib kelishi mumkin. N.I.Formanovskiy fikricha, kommunikativ haqiqat
samimiylikdan ko`ra qadrliroqdir.
Shu tariqa lingvokulturologiya jonli muloqot jarayonlarini ham tadqiq etadi.