2
Shaxsning ma'naviy yuksalishida tilning o‘rni beqiyos. Shuning uchun til
tadqiqi va ta'limi sohasida olib borilayotgan ishlarda ham shaxsning ma'naviy
kamoloti masalasi yuqori o‘rinlarda turishi ayni haqiqat. Zero, davr globallashuv
Sharoitida tilshunoslikning ham o‘z o‘rganish ob'ektiga millat va shaxs
ma'naviyati nuqtai nazaridan yondashuvni yanada dolzarblashtirmoqda. Zero,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek, ona tilidan amaliy
foydalanish samaradorligi tilshunoslik va til ta'limidagi dolzarb vazifalardan.
Bunga erishish esa yoShlarni yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashda katta rol
o‘ynaydi. Shu ma'noda bugungi kunda tilshunoslik tadqiqotlarining davr talablari
asosida yangi o‘zanlarga tuShayotganligi e'tiborga molik. Buni tilshunoslikdagi
yangi sohalarni o‘qitilishi misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda
Namangan davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan
70230100 – Lingvistika (o`zbek tili) ixtisosligi magistratura bosqichi magistrlari
bilan olib borilayotgan “Lingvokulturologiya” fani ham o‘zbek tili lisoniy
imkoniyatlarini til va ma'naviyat muShtarakligi asosida maxsus tadqiq qilishga
juda katta yo‘l ochadi.
Mazkur ma`ruzalar matni o’zbek tili va adabiyoti kafedrasining 2021-yil
27 - avgustdagi 1-sonli yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet Kengashida
ko`rib chiqish uchun tavsiya etilgan hamda filologiya fakultetining 2021-yil
28-avgustdagi 1-sonli kengash yig`ilishida ko`rib
chiqilgan va foydalanishga
tavsiya etilgan.