O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix06.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#124888
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Лингвокультурология

9-MAVZU: STEREOTIPLAR (2 SOAT) 
 
REJA: 
 
1. “Stereotip” tushunchasining turli fanlardagi talqini.
2. Stereotipning turlari. Ijtimoiy stereotiplar. Muloqot stereotiplari.
3. Mental stereotiplar. Madaniy stereotiplar. Etnomadaniy stereotiplar.
4. Stereotip madaniyat vakillarining tafakkuri va tili.
Bizga ma`lumki, odam,Shaxs madaniyatni yaratadi va unda yashaydi. Aynan 
Shaxsda odamning ijtimoiy tabiati birinchi planga chiqadi, odamning o`zi esa, 
ijtimoiy hayotda subyekt sifatida namoyon bo`ladi.
Shaxs konseptsiyasining boshqalari ham mavjud. Amerikalik psixolog 
A.Maslou, odamni tashqi olamga uncha qaram, yahni bog`liq bo`lmagan, har 
qanday psixologiyani yakuniy holati tabiatni ichki borlig`i sifatida ko`radi, hayot 
esa ichki tabiat bilan birgalikda ruhiy salomatlik sababidek ko`rib chiqiladi 
A.Maslou nuqtai nazaricha, Shaxsning voyaga yetishi, bu odamning o`zini har 
tomonlama namoyon qilishi zamiridagi o`z idealga tomon xarakatlanishidir. U 
yozishicha, “Odamzot uchun, yashashi uchun : koordinatalar sistemasi, yashash 
falsafasi, din yoki uni o`rnini bosuvchi boshqa bir din zarurdir, jumladan ular 
xuddi quyoSh nuri, kaltsiy yoki muhabbat zarur bo`lganidek kerakdir”. 
Shaxs xalqning, etnosning madaniy an`analarining istiqboli sifatida ko`rib 
chiqilishi lozim. (Piskoppelg`, 1997),zero odamda odam tug`ilishi uchun 
madaniyat doirasida shakllanuvchi madaniy-antropologik prototip zarur bo`ladi. 
Albatta, o`zini o`zi tushunish narslarning asl holatini aniqlashda muhimdir. 
Lekin qo`shni xalqlar seni qay darajada tushunishlari undada muhimdir. Bu 
toifadagi bilimlar ko`plab etnik ziddiyatlarini oldindan ko`ra olishga va ularni 
oldini olishga imkon beradi. 
Madaniyat kategoriyasi- bu makon, taqdir, vaqt, huquq, boylik , mehnat, 
vijdon, o`lim va h. Ular mavjud qadriyatlar sistemasini o`ziga xos tomonlarini aks 
ettiradi, va dunyoni anglash, idrok etish va ijtimoiy xulq namunalarini yaratadi. 
Til Shaxsiga dastlabki munosabat masalasi nemis olimi I.Veysgerberg nomi 
bilan bog`liq. Rus tilshunosligida dastlabki qadamni bu sohada V.V.Vinogradov 
qo`ydi va til Shaxsini o`rganishda ikki yo`lni ishlab chiqdi, bular muallif Shaxsi va 
personaj Shaxsidir.
A. A.Leontyev so`zlovchi shaxs haqida yozgan. G.I.Bogin til Shaxsi 
tushunchasini ishlab chiqishni boshlab, til Shaxsi modelini yaratdi. Uning nuqtai 
nazaricha, odam “ nutq harakatlarini ishlab chiqish, yaratish va xosil bo`lgan 
nutqni qabul qilishga tayyor” moddiyat sifatida qaraladi. Yu.N.Karaulov ham 
mazkur tushunchani ilmiy istehmolga olib kirdi. Uning tahbiricha, odam matn 
yaratish va qabul qilish qobiliyatiga ega bo`lib, quyidagicha farqlanadi: struktur-til 
tizimi darajasiga ko`ra, borliqni aniq va chuqurroq aks etttirish, aniq maqsadli 
yo`nalganlik bilan.
Yu.N.Karaulov badiiy matnga asoslangan darajalangan til Shaxsi modelini 
ishlab chiqdi (Karaulov, 1987).Til Shaxsi, uning fikricha, uch bosqichli tuzilishga 


67 
ega. Birinchi bosqich – verbal-semantik(semantik- stroevoy, invariiantli) oddiy 
so`zlashuv darajasini aks etuvchi. 
Ikkinchisi- kognitiv bo`lib, bunda sotsiumga tegishli kollektiv yoki alohida 
kognitiv kenglik xosil qiluvchi relevant bilimlar va tasavvurlarning aktualizatsiya i 
identifikatsiyasi amalga oShadi. 
Bu bosqich o`zida shaxs dunyosi modelini, uning tezaurusini, madniyatini aks 
ettrishini nazarda tutadi. Va nihoyat uchinchisi - oliy bosqichi pragmatik bosqich. 
U til Shaxsini rivojlanishini harakatga keltiruvchi motiv va maqsadlar 
xarakteristikasini aniqlashga qaratilgan. 
Shunga ko`ra, axborot kodlashtirish i dekodlashtirish uch bosqichni, yahni 
”Shaxsning kommunikativ kengligi” –verbal-semantik, kognitiv, va pragmatik 
darajalarning o`zaro ta`siri ostida amalga oShiriladi. Til Shaxsi qurilmasining uch 
darajali konseptsiyasi uch tipdagi, yahni kommunikativ ehtiyoj—kontaktni xosil 
qiluvchi, informatsion va ta`sir o`tkazuvchi, shuningdek milliy xususiyatga ega 
muomala jarayonining uch tomoni - kommunikativ, interaktiv va pertseptiv 
jihatdan korrelyatsiya qilinadi. 
Til Shaxsining darajali modeli shaxsning umumlashtirilgan tipini aks ettiradi. 
Mazkur madaniyatda konkret til Shaxslari ko`p bo`lishi mumkin,ular o`z 
navbatida shaxs tarkibining har bir darajasida variatsiyalar mohiyati bilan ajralib 
turadi. 
Bunda nutq Shaxsi- til Shaxsi hisoblanadi. Aynan nutq Shaxsi darajasida til 
Shaxsining milliy –madaniy o`ziga xosligi, shuningdek muomalaning ham milliy- 
madaniy o`ziga xosligi yuzaga keladi. 
Nutq Shaxsi mazmuniga odatda quyidagi komponentlar kiritiladi: 
1.Qadriyatli, dunyoqarashli, tarbiya komponenti mazmuni, yahni qadriyatlar tizimi, 
yoki hayotiy mazmun.Til odamni dunyoga dastlabki va chuqurroq nigoh bilan 
qarashini tahminlaydi, milliy xarakter asosida shakllanuvchi dunyoning til obrazini 
va ruhiy tasavvurlar ierarxiyasini xosil qiladi, tabiiyki, ular muomalaning til 
dialoglari jarayonida amalga oShadi. 2.Kulturologik komponent - bu tilga bo`lgan 
qiziqishni oShishini samarali vositasi sifatida madaniyatni o`zlashtirish darajasidir. 
Nutqiy va nonutqiy xulq qoidalari bilan bog`liq o`rganilayotgan til madaniyati 
faktlarini jalb qilish, tildan foydalanish adekvat malakalarini shakllantiradi, va 
muloqotdagi suhbatdoShiga samarali ta`sir o`tkazadi. 
3.Shaxs komponenti, har bir odamda mavjud individual, chuqurlashtirilgan 
xususiyat. 
Til Shaxsi parametrlari endigina ishlab chiqilyapti. U abstrakt sintaktik 
modellarni to`ldiruvchi u yoki bu foydalanish chastotasiga ega bo`lgan aniq til 
zahirasi bilan xarakterlanadi 
Agar modellar mazkur til jamoasi uchun yetarli darjada odatiy bo`lsa, unda 
uning leksikasi va gaplashish manerasi odamni ma`lum ijtimoiy qatlamga tegishli 
ekanligini, uning ma`lumot darajasini belgilashi, xarakter tipi, jinsi va yoShini 
ko`rsatishi mumkin. 
O`nlab ijtimoiy rollarni bajarish bilan bog`liq, bunday shaxsning til repertuari, 
sotsiumda qabul qilingan nutq odobi bilan o`zlashtirilishi lozim. 


68 
Til Shaxsi tilda aks etuvchi ijtimoiy ong Shakllarining (ilmiy, turmuSh tarzi 
va h.)ning turli darajalarda, xulqiy stereotip va mehyolarda moddiy madaniyat 
olamida, yahni madaniy makonda mavjud bo`ladi. Madaniyatda belgilovchi rol 
fikrlar konsepti xisoblangan, milliy qadriyatlarga tegishlidir. 
Madaniy qadriyatlar o`zida universal va individual, dominant va qo`shimcha 
fikrlarni ajratishi mumkin bo`lgan tizimni namoyon qiladi.
Ular o`z aksini tilda topadi, aniqrog`i so`zlar sintaktik birliklarda, 
frazeologizmlarda, 
paremeologik 
fondlarda 
va 
pretsendent 
matnlarda 
ko`rinadi.Masalan, barcha madaniyatlarda xasislik, qo`rqoqlik, kattalarga nisbatan 
hurmatsizlik, dangasalik qoralanadi, lekin har bir madaniyatda bu qusurlar har xil 
bog`liq belgilariga ega. Har bir madaniyatga o`ziga xos o`zining koordinatalari bor 
parametrlarni ishlab chiqish mumkin.Bunday parmetrlar yakuniy qadriyatlar 
belgisi deb hisoblanadi. 
Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi o`ziga xos 
jihatlarning tilda aks etishini o`rganishlingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir. 
Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o`zida madaniy 
semantikani 
namoyon 
etuvchi 
til 
birliklari 
hisoblanadi. 
Binobarin, 
lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. 
Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, 
mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, 
pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar 
hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari 
majmui bo`lgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining 
milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning 
qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga 
xos 
bo`lgan 
milliy 
ijtimoiy-madaniy 
stereotiplarni 
aniqlash 
lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi
2

Lingvokulturologik tadqiqotning obyekti madaniy axborotning tarjimoni 
bo`lgan tilning o`zaro aloqalarini o`rganishdir. Bu obyekt bir qancha fundamental 
fan – tilshunoslik va Madaniyatshunoslik, etnografiya va psixolingvistikaning 
tutashgan nuqtasida paydo bo`lgan.
Tadqiqot predmeti esa til birliklaridir. Bu birliklar madaniyatda simvolik, 
etalonlik, ramziy-metaforik ahamiyatga ega bo`lib, inson tafakkuri faoliyati 
natijasida yuzaga kelgan. Shuningdek, arxetipik va prototipik mazmunga ega 
bo`lib, mif, afsona, rasm-rusum, folklor va diniy matnlar, yana shehriy va nasriy 
badiiy matnlarda, iboralar, metaforalar, ramzlar va paremiyalarda uchraydi.
Shu tufayli ham aynan bir lingvokulturologik birlikning o`zi bir necha 
semiotik tizimga mansub bo`ladi. Rasm-rusum stereotipi matalga o`tib, 
keyinchalik iboraga aylanadi.
Ba`zan birgina lingvkulturologik birlik mif, matal va iboralar tarkibiga singib 
ketgan bo`ladi: bo`ri qadimgi xalqlar tasavvurida qaroqchi, qotil, kallakesar 
sifatida gavdalanadi. Turkiy xalqlarda esa uning bo`ysunmaslik, erkinlikka 
ishtiyoqi masalasi birinchi o`ringa ko`tarilgan. Masalan, Mahmud KoShg`ariyning 
«Devonu lug`otit turk» asarida Afrosiyobning o`limidan qayg`urib yig`layotgan 
beklar «bo`ri bo`lib ulidilar» deyilsa, «Kul tigin» bitigtoshida “qo`shinim bo`ri 


69 
kabi edi”, - deyiladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asari 31-bobida 
bekning mardligi bo`riga o`xshatiladi. Xalq tilida esa «mahallaning bo`risi» kabi 
metaforalar ishlatiladi. Maqollarda «Bo`rining yesa ham og`zi qon, yemasa ham» 
kabi tarzdagi qarama-qarshi fikrlar ham uchraydi.
Tadqiqot obyekti tushunchasi ostida har biri alohida lingvokulturologik birlik 
bo`lgan bir necha predmet yotadi. Biz bulardan bir nechtasini ajratib ko`rsatamiz, 
biroq ularning miqdorini yanada ko`paytirish mumkin. Ular: 
1)lingvoo`lkashunoslikning predmeti muqobilsiz so`zlar va lakunalardir, 
shuningdek, ular lingvokulturologiyaning ham predmetidir; 
2) mifiklashgan til birliklari: arxetiplar, mifologemlar, marosimlar va 
inonchlar, rasm-rusum hamda odatlar, ular til birliklari tarkibiga yaxlitlangan 
bo`ladi; 
3) tilning paremiologik fondi; 
4) tilning frazeologik fondi
5) etalonlar, stereotiplar, ramzlar; 
6) tildagi metaforalar va timsollar; 
7) tilning uslubiy imkoniyatlari; 
8) nutq madaniyati; 
9) nutq odobi sohasi.
Lingvokulturologiyaning predmeti deganda miflashgan til birliklari: tildagi 
arxetiplar va mifologemlar, marosim va inonchlar, rasm-rusum va odatlarni ham 
tushunamiz. 
Maqollarning aksar qismi milliy ongi stereotipi hisoblanadi. Odatda maqol va 
matallar folkloristikada janr sifatida o`rganiladi. Tilshunoslikda esa endigina 
o`rganilmoqda. Pragmatik nuqtai nazardan maqollarning maqsadi qorishiq 
xususiyatli. Birgina maqolning o`zida ogohlantirish, tahqiq, tasalli, maslahat
tanqid, tahdid kabilar jamlangan bo`lishi mumkin: Boy boyga boqar, suv soyga 
oqar.
Etalonlarga quyidagicha misol keltirishimiz mumkin: itday sodiq, buqaday 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin