O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix06.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#124888
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Лингвокультурология

Muzlikdan yuhodek kelgan Shamollar 
Tuyalar jismini yalab-ishlagan, 
14
Бу ҳақда яна қаранг: Нурмонов А. Лингвистик таълимотлар тарихи // Танланган асарлар. 2-жилд. 31-33-
бетлар. 


71 
 asrlar toblagan temirchi quyoSh,
yomg`irlar cho`qigan, qorlar qishlagan.
(Sh. Rahmon. Aravon ko`rinishlari)
Hech bir abstrakt nazariya nima uchun sevgi olovi, olov yurak, olov yoShlik , 
mehr tafti, yuzi issiq kabilarda olov tushunchasi ifodalaydigan hislarni tuyamiz, 
degan savolga javob bera olmayotir. O`zini barcha narsalarning o`lchovi deb 
bilgan inson o`z ongida amalda emas, ilmiy darajadagina o`rganishmumkin 
bo`lgan narsalarning antropotsentrik tartibini ijod etish huquqini beradi. Ongdagi 
bu tartib insonning ma`naviy borlig`i, xatti-harakatlari tub sabablari, qadriyatlar 
pog`onalarini ko`rsatib beradi. Bularning barchasini inson nutqi, u faol qo`llagan, 
boshqalariga nisbatan ko`proq hissiy munosabat ifodalangan ibora va qoliplarni 
tadqiq etibgina tushunishimiz mumkin. Yangi ilmiy yo`nalish Shakllanishi 
jarayonida quyidagi tezis ilgari surilgan edi: “Olam faktlar yig`indisidir, 
narsalarning emas” (L. VitgenShteyn). Til asta-sekin fakt va vaziyatlarga 
yo`naltirib o`rganilmoqda, diqqat markazida esa til Shaxsi (yazqkovaya lichnostg`, 
Yu.N.Karaulov) tushunchasi turibdi. Yangi nazariya til tadqiqining yangi qonunlari 
va maqsadlarini, yangi tushuncha va metodlarni ishlab chiqish arafasida. 
Antropotsentrik nazariyada lingvistik tadqiqot predmetini ishlab chiqish usullari 
o`zgardi, tadqiqotning umumiy tamoyillari va metodlarini tanlab olishga 
o`tilmoqda (R.M.Frumkina). Ko`rinib turibdiki, antropotsentrik nazariyaning 
Shakllanishi tilshunoslikning tadqiqot yo`nalishini inson, uning madaniyatdagi 
o`rniga o`zgartirdi. Boshqacha qilib aytganda, madaniyat va madaniy 
an`analarning diqqat markazida inson – til egasi o`zining barcha qirralari: 
jismoniy, ijtimoiy, aqliy, Men (I, Ya)– hissiy-emotsional,
JT – nutq ijodkori. Hissiy-emotsional “Men” (I, Ya) turli ijtimoiy-ruhiy 
vaziyatlarda namoyon bo`ladi. Masalan, Bugun quyoSh charaqlab nur sochmoqda 
gapi quyidagi fikrlarni ifodalaydi. “Men – jismoniy” quyoSh nurlaridan rohat 
olyapti; buni mening “Aqliy Men”im biladi va bu axborotni suhbatdoShga – 
“ijtimoiy Men”ga uzatmoqda, u (Men – hissiy-emotsional) haqida g`amxo`rlik 
qilmoqda; bu jarayonda “Men-nutq ijodkori” harakatga kelgan. Yuqoridagi 
ipostaslarninghar biri vositasida boshqalarini harakatga keltirish mumkin.
Shu tariqa til egasi axborot-aloqa jarayoniga ko`pqirrali subyekt sifatida kirib 
keladi. Bu qirralar nutqiy aloqaning strategiyalari va taktikalari, aloqa 
ishtirokchilarining ruhiy-psixologik mavqelariga, axborotning madaniy g`oyasi, 
maqsadiga ham bog`liq. Inson olamni o`zini undan ajratib olgan holda tasavvur 
qiladi. U o`z “Men”ini boshqa barcha narsalarga qarama-qarshi qo`yadi. Bizning 
tafakkurimiz va tilimiz Shu asosga qurilgan ko`rinadi: Har qanday nutq yaratilishi 
jarayoni borliqning mavjudligini tan oladi va shu bilan olamning subyekt 
vositasida aks etishini tasdiqlaydi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, an`anaviy 
yoki 
sistem-struktur 
tilshunoslik 
yo`nalishida 
bo`lsa-da, 
tilshunoslikda 
antropotsentrik nazariya doimo hisobga olinishi kerak bo`lgan nazariya ekanligini 
yodda saqlash kerak.
Shunday qilib, antropotsentrik nazariya insonni birinchi o`ringa qo`yadi, til 
esa insonning tavsifiy tuzilishining asosiy materiali, qismi hisoblanadi. Inson 
tafakkuri insonning o`zi kabi tildan va til ko`nikmalaridan tashqarida mavjud 


72 
bo`lmaydi. Agar til barcha bilish jarayonlariga aralashmaganida edi, o`ziga xos 
yangi muhit yaratmaganida edi, inson kuzatuvchi maqomiga erisholmagan bo`lar 
edi. Inson yaratgan matn inson tafakkuri harakati, yo`nalishini aks ettiradi, baholi 
qudrat olamlar yaratadi, til birliklari yordamida fikr kuchi va uni namoyish etish 
usullarini ko`rsatadi.
Zamonaviy tilshunoslikda mazkur nazariya doirasida tashkil topgan asosiy 
yo`nalish - kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyadir. Lingvokulturologiya 
“tildagi madaniyat omili va insondagi til omilini o`rganishga qaratilgan” (V.N. 
Teliya) fandir. Demak, lingvokulturologiya – tilshunoslikda antrotsentrik 
nazariyaning 
keyingi 
yillarda 
taraqqiy 
etayotgan 
mevasidir. 
Kognitiv 
tilshunoslikning asosiy tushunchasi – axborot tushunchasi va uning inson ongida 
qayta ishlanishi, bilimlar tizimi va ularning inson tafakkurida hamda til Shakllarida 
namoyon bo`lishidir. Kognitiv tilshunoslik kognitiv psixologiya va kognitiv 
sotsiologiya bilan birgalikda kognitologiyani hosil qiladi. Bu fanlar inson tafakkuri 
qanday tuzilgan, inson olamni qanday tasavvur qiladi, olam haqidagi qanday 
ma`lumotlar bilimga aylanadi, ruhiy olam qanday yaratiladi kabi savollarga javob 
qidiradi. Lingvokulturologiya esa insonni va uning tilini madaniyat tarkibida 
o`rganadi. Fan quyidagi muammolarga diqqatni qaratadi: inson olamni qanday 
qabul qiladi, madaniyatda ko`chim va timsollarning o`rni, tilda asrlar davomida 
saqlanib turgan iboralarning madaniy belgilarni ifodalashdagi roli, ularning inson 
uchun ahamiyati. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomen sifatida tadqiq etadi. 
Bu esa olamni milliy til oynasi ortidan ko`rish demakdir. Ushbu jarayonda til 
alohida milliy ichki dunyosi ifodasi sifatida ko`zga tashlanadi. Tilshunoslik butun 
borlig`i bilan madaniy-tarixiy mundarijaga tayanadi yoki tadqiqot predmeti sifatida 
madaniyatning mahsuli, asosi va shart-Sharoiti - muhiti hisoblangan tilni 
tushunadi. Tilshunoslik bo`limlari ichida “madaniy tashuvchi” sifatida eng faollari 
til tarixi bilan bog`liq sotsial dialektologiya, etnolingvistika, uslubiyat, 
leksikologiya, frazeologiya, semantika, tarjima nazariyasi va boshqa bo`limlardir.
Lingvokulturologiyaning asosiy birligi sifatida madaniy konseptni oladilar. 
Bu tushuncha aniq va mavhum nomlarning mundarijasini o`z ichiga oladigan 
“ostki ma`no” bo`lib, mazkur xalq madaniyati haqida qo`shimcha ma`lumot olishni 
talab qiladi. [Karasik 2002: 127,129]. Ye.I. SHeygal va V.A. Buryakovskaya 
lingvokulturologiyani “olam konseptual manzarasining alohida obyektlari va 
akslanuvchi obyekt (mas. etnos) tomonidan ularning jamoa ongi hamda tilda idrok 
qilinishi ” [SHeygal, Buryakovskaya 2002: 9] deb tahriflaydilar. Mualliflar 
etnonimlarning lingvokulturologik potentsialini o`rganib chiqadilar.
Tildagi madaniy belgilarni o`rganishtilshunoslikning Shu bugunga qadar 
erishgan yutuqlari samarasidir. Lingvokulturologiyaga qiziqishning ortib 
borayotgani fanning kelajagini belgilaydi. Shu bilan birga fanning nazariy-
metodologik asosi endigina shakllanmoqda. Frazeologizm va paremiyalar tilda 
madaniy belgilarni aks ettiruvchi asosiy birliklar sifatida tadqiq etilmoqda. Ayrim 
tadqiqotlarda mumtoz adabiyot namunalariga murojaat etish kuzatiladi. 
Til, madaniyat, etnos (xalq) o`rtasidagi o`zaro aloqa va munosabatlar 
fanlararo muammo bo`lib, uni hal qilish bir qancha fanlarning – falsafa va 


73 
sotsiologiyadan to etnolingvistika va lingvokulturologiyagacha - birgalikdagi sahy-
harakatlari bilan bog`liq. Jumladan, milliy til tafakkuri masalalari – bu lingvistik 
falsafaning bir tarmog`idir; ijtimoiy yoki guruharo axborot almashinuvini til 
aspektida o`rganishpsixolingvistika tadqiqot doirasiga kiradi va sh.k. Til madaniyat 
bilan chambarchas bog`liq: u madaniyatning ichida rivojlanadi va madaniyatning 
ifodachisidir. Bu g`oya asosida yangi ilm – lingvokulturologiya paydo bo`ldi. Bu 
fan 
XX 
asrning 
90-yillarida 
mustaqil 
soha 
sifatida 
shakllandi. 
“Lingvokulturologiya” atamasi V.N.Teliya tomonidan yuritilayotgan frazeologik 
maktab ishlarida, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V. 
A. Maslova boshqa tadqiqotchilarning nashrlarida paydo bo`ldi. Agar 
kulturologiya (Madaniyatshunoslik) inson ongini tabiat, jamiyat, san`at va ijtimoiy 
va madaniy borliqning boshqa ko`rinishlari bilan munosabatda o`rgansa, 
tilshunoslik tilda dunyoning o`ziga xos ruhiy modeli sifatida aks etuvchi 
dunyoqarashni o`rganadi. Lingvokulturologiyada esa til ham, madaniyat ham 
tadqiqot obyekti hisoblanadi, ular o`zaro aloqada o`rganiladi. Agar til va 
madaniyat munosabati masalasini an`anaviy talqini madaniyat haqidagi bir qancha 
tasavvurlardan foydalanib, lingvistik muammolarni hal qilishga borib taqalsa, bu 
ishimizda tilning o`z birliklari bilan madaniyatni qamrab olishi, saqlashi va 
ifodalashi usullari o`rganiladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin