78
suratida yurganini bilmay, uni xotini bilan qo`shib kamondan otib o`ldirib qiladi.
O`limi oldidan esa avliyo uning ayollarga yaqinlashmasligini
duoibad qiladi,
yaqinlashsa o`lim topishini aytadi. Homerning «Iliada» dostonida ham Shunga
o`xshash hodisa mavjud: yunonlar QuyoSh xudosi ibodatxonasi kohinining qizini
olib ketishadi, kohin sovg`a-salom bilan borib yalinsa ham, Menelay qizni berishni
xohlamaydi. Shunda kohin ularni qattiq qarg`aydi va Apollonning qahri kelib
yunonlar ustiga o`lat yuboradi. Yunonlar keyinchalik ko`zi ochilib, kohindan tavba
qilib uzr so`rashadi. Misrdagi firhavnlar maqbaralarida ham Shu kabi qarg`ish
toShlari topilgani, unda podShohlar ruhini bezovta qilganlar tezda o`lim topishlari
bashorat qilinadi. Olim Karnavon Shu tarzda vafot etadi. Bu kabi misollarni
ko`plab keltirish mumkin.
Jumladan, hadislarda ham uch kishining duosi
Tangrining dargohida to`g`ridan to`g`ri qabul bo`lishi aytiladi: ota-onaning,
musofirning, mazlumning. Sharqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy ham
duoni mayga o`xshatadi. U dil tubida qancha vaqt saqlansa,
shuncha quvvatli
bo`ladi, deydi. Shu tufayli barcha xalqlarda qarg`ishlar va qaytariqlar inonchi keng
o`ringa ega.
Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri – tilning paremiologik
boyligi hamdir. Darhaqiqat, maqollarning aksar qismi milliy ongi stereotipi
hisoblanadi. Odatda maqol va matallar folkloristikada janr sifatida o`rganiladi.
Tilshunoslikda esa endigina o`rganilmoqda. Pragmatik nuqtai nazardan
maqollarning
maqsadi
qorishiq
xususiyatli.
Birgina
maqolning
o`zida
ogohlantirish, tahqiq, tasalli,
maslahat, tanqid, tahdid kabilar jamlangan bo`lishi
mumkin: Boy boyga boqar, suv soyga oqar.
Maqollarning
barchasi
ham
lingvokulturologiyaning
predmeti
hisoblanavermaydi. Jumladan, biror xalqqa, madaniyatga tegishli bo`lmagan,
barcha etnoslar uchun birdek tegishli bo`lgan maqollar Shu qatorga kiradi. Mazkur
fan tadqiq doirasiga kirish uchun maqol biror xalqning tarixi, madaniyati,
turmuShi, ma`naviyati bilan chambarchas bog`liq bo`lishi lozim.
Tilning frazeologik
boyligi ham xalq mentaliteti, madaniyati haqidagi boy
ma`lumotlar taqdim etadi. Ularda xalqning miflar, odatlar, marosim va rasm-
rusumlar, ma`naviyati haqidagi qarashlari o`zgarmay saqlangan bo`ladi. B.A.Larin
frazeologizmlar xalqning dunyoqarashi, ijtimoiy qurilishi, o`z davri ideologiyasini
aks ettirishini yozganida haq edi.
Etalonlarga quyidagicha misol keltirishimiz mumkin:
itday sodiq, buqaday
baquvvat, qordek beg`ubor, cho`chqaday semiz, pardek yumShoq, onadek
mehribon, tunday qora. Bu etalonlar nafaqat milliy dunyoqarash va dunyoni milliy
anglash hamdir. Chunki faqat ulargina olam hodisalarining milliy-tipik o`lchash
samarasidir. Etalonlar vositasida olam obrazli o`lchanadi. Etalonlar ko`pincha
barqaror o`xshatishlar tarzida kuzatiladi, biroq insonning dunyoni o`lchash
borasidagi istalgan tasavvuridir:
qulog`igacha botmoq, tomog`iga kelmoq, jondan
sevmoq kabi.
Bir tanganing ustida o`mbaloq oShadi iborasining semantik strukturasini
tahlil qilar ekanmiz, V.N.Teliya aytganidek, tanganing tashqi belgisiga emas, balki
uning eng kichik qiymatli pul birligi – etaloni ekanligiga guvoh bo`lamiz. Shu kabi
etalon so`zlarni o`z tarkibiga olgan frazeologizmlar tilni madaniyatga
79
yaqinlashtiradi. A.A.Potebnya tahbiricha, bu yerda ramz obrazga (etalonga)
aylanadi va tushunuvchining irodasini o`ziga bo`ysuntiradi.
Shunday qilib,
etalon predmetlar, hodisa va obyektlar xususiyatlari hamda
sifatini baholovchi moddiylikdir. U ijtimoiy-ruhiy bosqichda me`yoriy tasavvurni
ifodalaydi. U yashirin ta`sirga ega, tanlov va baholashga ta`sir qiladi.
Stereotip, etalondan farqli ravishda, olamda mavjud bo`ladi va faoliyat,
axloqni baholaydi.
Axloq stereotiplari rasm-rusumlarga o`tishi mumkin.
Farqi shundaki,
stereotipni amalga chiqarishda inson nima maqsadda bu ishni bajarayotganini
anglamasligi mumkin. Rasm-rusumni bajarishda refleksga tayaniladi. U ijtimoiy
muammolarni hal qilishning bir usulidir.
Metafora hamda obrazlar ham lingvokulturologiya predmetlari qatoriga
kiradi.
Metaforalarga alohida to`xtalib o`tamiz. Obrazlar so`zning madaniyat bilan
aloqasi haqidagi asosiy axborotni ifodalovchi til birligidir.
Odatda obrazlilik
deganda til birligining predmetlar va hodisalar haqida ko`rinishli va sezimli
tasavvur berishini tushunamiz.
Dostları ilə paylaş: