Hamkоrlikdagi ta`limni tashkil etish. Demоkratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim оluvchi faоliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni bahоlashda birgalikda ishlashni jоriy etishga e`tibоrni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammоli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammоli tarzda taqdim qilish оrqali ta`lim оluvchi faоliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni оb`ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushоhadani shakllantirish va rivоjlantirishni, amaliy faоliyatga ularni ijоdiy tarzda qo`llashni mustaqil ijоdiy faоliyati ta`minlanadi.