Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
O’qitish jarayoniga yangicha yondoshish talabalarni mustaqil ishlashini yanada takomillashtirishdan iborat. Bunda talabalar adabiyotlar bilan ko’proq ishlab o’z bilimlarini boyitadi va mustaqil fikrlashni o’rganadi.
Ushbu fanni o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
tegishli o’quv maqsadlarini pedagogik texnologiyalar bo’yicha aniqlanganligi;
to’la o’zlashtirish texnologiyasi ko’zda tutilganligi;
o’quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirilganligi;
muammoli usul (vazifa, savol, masala, topshiriq va boshqalar) va haqiqatni immitatsion modellashtirish asoslaridan foydalanilishi;
tayanch iboralarga asoslangan yozma ish orqali nazorat ishlarini o’tkazish tizimidan foydalanilishi;
interfaol usullardan samarali foydalanilishi.
«Ma’lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari» fanini o’qitishda, yangi pedagogik texnologiyalarning turli usullaridan oqilona foydalanish dars samaradorligini oshirishda, talabalarning mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda va bilimlarni puxta egallashda muhim omil vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |