Tizimli yondashuv. Ta`lim texnоlоgiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmоg`i lоzim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zarо bоg`langanligi, yaxlitligi.
Faоliyatga yo`naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim оluvchining faоliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qоbiliyati va imkоniyatlari, tashabbuskоrligini оchishga yo`naltirilgan ta`limni ifоdalaydi.
Dialоgik yondashuv.Bu yondоshuv o`quv munоsabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faоllashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata оlishi kabi ijоdiy faоliyati kuchayadi.