Iqtisodiy fanlardan dars o’tishda turli metodlarni qo’llash zaruriyati.
Interaktiv metodlarni qo’llash va o’quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar. Dars o’tish metodlarini tanlash mezonlari. Tayanch iboralar: Axborot qabul qilish, tahliliy fikrlash, insonga xos individual xususiyatlar, introvert, ekstrovert, o’qitish piramidasi, interaktiv metodlar, motivatsiya, printsip, pedagogik qonuniyatlar, masofadan o’qitish.
Iqtisodiy fanlardan dars o’tishda turli metodlarni qo’llash zaruriyati.
Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o’tganimizdek, tayyor bilimni o’zlashtirish asosiy maqsad bo’lmay, eng asosiysi, talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko’p jihatdan dars o’tish metodlarini tanlashga bog’liq.
Har qanday fanni o’rganishda turli metodlar qo’llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars o’tishda turli uslublarni qo’llash uni qiziqarli bo’lishiga, talabalarni diqqatini o’tilayotgan darsni o’zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o’tilaverishi talabalarni zeriktiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko’ra har qanday mohir o’qituvchi ham bir xil metodni qo’llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o’qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, so’ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, kolgan paytda xayolga berilib ketar ekan.
Ikkinchidan, talabalarning darsni o’zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil bo’lib, turli uslublarni qo’llashgina o’tilayotgan mavzuni talabalar tomonidan nisbatan to’liq o’zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bilimni o’zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil talabalarga bir uslub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Uchinchidan, dars o’tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham, barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yo’li, dars o’tishga turli metodlarni qo’llash zarur degan fikr tarafdori bo’lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi talabalar uchun qo’llanilishi ma’qulligi bo’yicha esa yagona qolip yo’q, Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko’rsatadiki, tahliliy fikr yuritadigan talabalardangina muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar(sardorlar), fan arboblari etishib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |