O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»



Yüklə 8 Mb.
səhifə48/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

«Zanjir» o’yini Mavzuni takrorlashga, xotirani mustahkam
lashga yordam beradigan savoljavobga asoslangan yana bir o’yin usuli «Zanjir» deb nomlanadi. Bu o’yin amaliy darslarda qo’llanadi. Mazkur o’yinda savol yashirin, ya’ni ochiq savol berilmaydi, o’quvchitalaba o’ziga o’zi xayolan savol beradi. Bu usulni biron bob, bo’lim yoki bir necha mavzuni o’tib bo’lgach, qo’llagan ma’qul. Sababi, talabalar zarur iqtisodiy kategoriya, tushuncha va terminlar bilan tanish bo’lishadi. O’yinni o’ynash tarzi bilan o’quvchi talabalar tanish. Chunki ular bolalar bog’chasidanoq, avvalgi so’zning oxirgi harfi bilan boshlangan yangi so’zni topishni bilishadi. Bu holda faqat iqtisodiy fikrni ifodalovchi so’zlardan foydalaniladi. Lekin so’zlar mazmunini o’rganilayotgan bo’lim yoki ikkiuch mavzu miqyosida chegaralash birmuncha murakkablik tug’diradi. Buning uchun tegishli mavzuni puxta o’rganishni talab qiladi. Kimning navbati kelganda so’z topolmasa o’yindan chiqadi. Kim o’z vaqtida o’yin qoidasi bo’yicha mavzuga, fanning shu bo’limiga tegishli tushunchani to’g’ri aytmasa ham o’yindan chiqadi. Oxirida qolgan talabaga eng yuqori ball, boshqalarga olgan o’rinlariga ko’ra ball belgilanadi.
O’yin quyidagi tarzda aks etishi mumkin:
Iqtisodiy qonun – narx – xarajat – talab – biznes – sug’urta – aktsiya – yalpi ichki mahsulot
– tadbirkor – renta – amortizatsiya – yalpi talab – bozor – raqobat – taklif – foyda – aktsionerlik kapitali – investitsiya – yalpi taklif – friktsion ishsizlik – kapital – likvidlik – krizis – sof monopoliya – yalpi milliy mahsulot – taqchillik – kredit – tovar – real daromad – dividend – taklif egri chizig’i – ishchi kuchi – iste’mol – va hokazo…
O’quvchitalabalar fanni mukammal o’zlashtirishlarida xotirani mustahkamlash muhim rol o’ynaydi. Xotirani mustahkamlashga yordam beradigan va fikr yuritishga undaydigan mashg’ulotlardan biri «Zaif bo’g’in» o’yinidir.
«Zaif bo’g’in» o’yini Buning uchun o’qituvchi darsning maqsa diga ko’ra, mavzu yoki bob, ma’lum bo’lim bo’yicha kategoriyalar va tushunchalar ma’nosini yozib keladi. Talabalarga o’yinning qanday o’tishini tushuntiradi. O’qituvchi tushuncha, kategoriyaning mazmunini aytadi, talabalar uning nomini aytishi kerak. Oxirida 2 talaba qolguncha o’yin bosqichmabosqich, aylanib davom etadi. Kim noto’g’ri aytsa, o’yindan chiqadi. Yoki o’yinni aksincha tarzda ham tashkil qilish mumkin. Ya’ni, o’qituvchi kategoriya, tushuncha, terminni aytadi. Talabalar esa uning mazmunini aytib berishlari lozim bo’ladi. O’yinda avval osonroq tushunchalar, borgan sari murakkab tushunchalar aytilishi mumkin. Bu o’yinni qo’llash uchun darsga o’qituvchi ham talabalar ham puxta tayyorlanib kelishlari kerak. Bo’lmasa dars kutilgan natijani bermaydi. O’qituvchi savollarni izohli lug’at tarzida quyidagicha tayyorlagani ma’qul.


  1. Yüklə 8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin