12-Mavzu. Iqtisodiy fanlarni o’rganishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar metodi.
REJA:
Iqtisodiy fanlarni o’rganishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar metodining tutgan o’rni.
Modellashtiruvchi o’yin metodini qo’llab, dars o’tishning asosiy bosqichlari.
O’yinni tanlash va tayyorlash, o’tkazish. O’yin natijasini muhokama qilish («Kartoshka bozori» amaliy o’yini misolida).
Asarlarni o’rganishda o’yin metodini qo’llash (O’zbekiston Prezidentining asarlari misolida) Metodning afzalliklari va kamchiliklari.
Tayanch iboralar: modellashtiruvchi o’yin, imitatsion o’yin, amaliy o’yin, rol o’yinlari, o’yinning didaktik maqsadi, o’yinning tarbiyaviy maqsadi, o’yin bosqichlari, mo’ljalga olish fazasi, o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik, o’yinni o’tkazish, o’yinni muhokama qilish, o’yinni tanlash.
Iqtisodiy fanlarni o’rganishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar metodining tutgan o’rni.
Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, o’yin mehnat va o’qish kabi faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonni shaxs sifatida kamol topishida o’yinlarning ahamiyati katta. O’yinlar inson o’zini hayotda namoyon qilishi, o’z o’rnini topishi, o’zo’zini boshqarishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O’yinlarni dars o’tish metodi tariqasida borgan sari kengroq qo’llanishiga asosiy sabablardan biri uning qadimdan insonda turli tuman bilim, ko’nikma, mahoratni hosil bo’lishi va uning xotirasida saqlanish shakli sifatida qo’llanilib kelishidir.
Iqtisodiy fanlarni o’rganishda modellashtirish metodi muhim o’rin tutadi. Aynan modellashtirishda talabalar iqtisodiy tushunchalarni o’rganishni eshitish, ko’rish orqaligina emas, balki o’zlari ham qatnashib o’rganadilar. Natijada, birinchidan, eng passiv talabalarni ham darsda faol qatnashishlari ta’minlanadi. Ikkinchidan, talabalar u yoki bu tushunchani, jarayonni o’rganishda o’zlari qatnashganlari tufayli u xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zaxirasini tashkil etadi.
Bilim va malaka o’qish, faoliyat yuritish jarayonida shakllanadi. Biror malakani egallash uchun unga oid faoliyatni ko’p marta takrorlash, mashq qilish, muntazam amalga oshirish zarur. Ana shu jarayon natijasida o’quvchi, talabalarda uquv, ko’nikma shakllanadi.
Bu jihatdan ham modellashtiruvchi o’yin metodi katta ahamiyatga ega. O’yinlarning afzalligi shundan iboratki, o’yin ishtirokchilari o’ziga u yoki bu rolni olib, harchand qiziqishlari birbirinikiga mos tushmasada o’zaro muloqotga kirishadilar, natijada ziddiyatli vaziyat yaratilib, ehtirosli holat yuzaga keladi va bu o’yinga qiziqish uyg’otadi. O’yin ishtirokchilari beixtiyor ravishda o’yin davomida o’z xislatlarini namoyon qiladilar. Bunda ular olgan bilim, kasbiy o’quv malakalarinigina emas, balki umumiy iqtidorini, o’z tabiatidagi mavjud jur’at, tezkorlik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, faollik kabi xislatlar bor yoki yo’qligini ham namoyish etadilar.
Talabani o’yin jarayoniga tortilishi, o’yin jarayonida yuz beradigan vaziyat, emotsional hayajon, qayg’urish ularni ijodiy faoliyatini oshiruvchi kuchli stimulyator rolini o’ynaydi. Talabalarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish ortadi.
O’yinlardan foydalanib dars o’tish turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |