Talab va taklifning umumiy miqdorini topish uchun uning shkalasini aniqlashimiz kerak.
Talab – bu ma’lum bir vaqt mobaynida xaridorlar sotib olishi mumkin bo’lgan narxlar bo’yicha tovarlar miqdorini ifodalovchi shkala.
Taklif – bu ma’lum bir vaqt mobaynida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishi va ma’lum bir narxlarda sotishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdorini ifodalovchi shkala.
Shu ta’rifimiz asosida taklif, so’ngra talab shkalasini hisoblab chiqamiz. Bu erda shuni eslatib o’tish kerakki, ko’pincha, shkalani hisoblayotganda talabalar xatolikka yo’l qo’yib, ma’lum bir narxda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdorini aynan shu narx, shu miqdor bo’yicha olishadi. Vaholanki, avvalgi miqdorni ham qo’shish kerak. Chunki 115 so’mdan 20 kg kartoshka sotib olishi mumkin bo’lgan xaridor tabiiy, 105 so’mdan ham sotib olishga tayyor. Shuni hisobga olib, taklif va talab shkalasini hisoblaymiz.
Taklif shkalasi.
Jadvalning birinchi ustunida sotish narxi, ikkinchi ustunda shu narxda ishlab chiqaruvchilarning sotadigan kartoshkalari miqdori, uchinchi ustun taklif shkalasi. Unda shu narxda sotilishi mumkin bo’lgan umumiy taklif ko’rsatiladi. Uning miqdori shu narxda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdoriga teng. Tabiiy, 10 kg. kartoshkani 105 so’mdan sotishga tayyor har qanday sotuvchi, uni 115 so’m va undan yuqori narxda so’zsiz sotadi.
Narx (so’m)
|
10 kg. kartoshkani shu va undan yuqori narxda sotishga
tayyor sotuvchilar
|
Taklif shkalasi
|
105
|
4 ta sotuvchi (= 40 kg)
|
40
|
115
|
6 ta sotuvchi (= 60 kg)
|
100(40+60)
|
125
|
6 ta sotuvchi (= 60 kg)
|
160(100+60)
|
135
|
4 ta sotuvchi (= 40 kg)
|
200 (160+40)
|
145
|
4 ta sotuvchi (= 40 kg)
|
240 (200+40)
|
155
|
2 ta sotuvchi (= 20 kg)
|
260 (240+20)
|
165
|
2 ta sotuvchi (= 20 kg)
|
280 (260+20)
|
175
|
2 ta sotuvchi (= 20 kg)
|
300 (280+20)
|
185
|
2 ta sotuvchi (= 20 kg)
|
320 (300+20)
| Talab shkalasi
Jadvalda taklifni hisoblaganday tarzda talab ko’rsatilgan. Talab shkalasi shu va undan arzonroq narxda sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdorini ko’rsatadi.
Narx (so’m)
|
10 kg. kartoshkani shu narxda va undan arzon sotib olishi mumkin bo’lgan xaridorlar
|
Talab shkalasi
|
195
|
4 ta xaridor (= 40)
|
40
|
185
|
4 ta xaridor (= 40)
|
80 (40+40)
|
175
|
4 ta xaridor (= 40)
|
120 (80+40)
|
165
|
4 ta xaridor (= 40)
|
160 (120+40)
|
155
|
4 ta xaridor (= 40)
|
200 (160+40)
|
145
|
4 ta xaridor (= 40)
|
240 (200+40)
|
135
|
2 ta xaridor (= 20)
|
260 (240+20)
|
125
|
2 ta xaridor (= 20)
|
280 (260+20)
|
115
|
2 ta xaridor (= 20)
|
300 (280+20)
|
105
|
2 ta xaridor (= 20)
|
320 (300+20)
|
Namoyish qilinuvchi va tarqatiluvchi material. Kartoshkaga talab va taklif.
Shartnoma nomeri
|
Sotuvchini ng (oluvchinin
g) ismi
|
Narx
|
10 kg kartoshka summasi
|
Yutuq
|
Zara r
|
Kartochka bo’yicha
|
Bitim bo’yich
a
|
Kartoch ka
bo’yicha
|
Bitim bo’yich
a
|
1
|
Nodira
|
115
|
125
|
1150
|
1250
|
100
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
1raund jami
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
3
|
:
|
:
|
2raund jami
|
Bitimlarning hammasi
|
Bitimlarni hisobga olish varag’ini to’ldirish uchun har bir talaba avvalo o’qituvchidan yoki hisobchi rolini bajarayotgan talabadan narx yozilgan kartochka oladi. So’ng, xaridor bo’lsa xarid qiladi, sotuvchi bo’lsa sotadi. Oldi va sotdi bo’yicha bir bitimga kelishgach, sotuvchi xaridorning, xaridor esa sotuvchining ismini, o’z kartochkasidagi va bitim bo’yicha bozorda kelishilgan narxni vedomostga yozib, kartochkani qaytarib topshiradi va yangi kartochka oladi.
Masalan, Saodat 10 kg. kartoshkani Nodiraga 125 so’mdan sotdi. Uning kartochkasida 115 so’mdan kamnarxda sotsangiz zarar ko’rasiz, deb yozilgan. Demak, u o’z kartoshkasini o’zi uchun foydali narxda sotibdi. Uning ko’rgan foydasi 100 so’m. Bularni shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish varag’iga yozib qo’yadi. Nodiraning kartochkasida esa «xarid narxi 145 so’mdan oshib ketsa, zarar ko’rasiz» deb yozilgan.
Demak, bu bitim Nodira uchun ham foydali bo’libdi. U 10 kg. kartoshkani arzon narxda olishi evaziga 200 so’m kam pul sarflabdi. Bu uning foydasi. Nodira ham bu bitimni o’zining shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish varag’iga yozib qo’yadi
Kartochkani qaytarib topshirayotganda, albatta, necha so’mdan bitim tuzilganini aytib, so’ngra yangi kartochka olish kerak. Bu bitimni albatta o’qituvchi yoki hisobchi rolini bajarayotgan talaba hisobdan o’tkazishi, registratsiya qilishi kerak. Bunda o’qituvchi sotuvchilarni, hisobchi xaridorlar bitimini hisobdan o’tkazishi mumkin.
Raund tugagach, talaba o’zining umumiy natijasini hisoblaydi. O’yin tugagach, esa tuzgan barcha bitim(olgan, sotgan)larining hisobkitobini qilib, olgan foyda yoki zararini hisoblab chiqadi.
O’qituvchi talabalar orasidan eng ko’p foyda olgan va zarar ko’rgan talabani aniqlab, ulardan buning sababini so’raydi. Ѓolib aniqlanib, unga rag’batlantiruvchi sovg’a yoki shu mavzu bo’yicha qo’shimcha ball berilishi mumkin.
Namoyish qilinadigan material. Guruhning hisob vedomosti.
1 kg kartoshka narxi, kg/so’m
|
1raund (sinovchi)
|
2raund (bitim soni)
|
3raund (bitim soni)
|
2 va 3-raundning natijasi (bitim soni va miqdori)
|
105
|
|
|
|
|
115
|
125
|
135
|
145
|
155
|
165
|
175
|
185
|
195
|
Namoyish qilinuvchi material. Kartoshkaga talab va taklif.
Dars o’tkazish.
Modellashtiruvchi o’yinni o’tkazish uchun guruh talabalari ikkiga bo’linadi. Guruhning yarmi sotuvchi rolini, yarmi xaridor rolini bajaradi. Xaridorlarning qo’liga avvaldan tayyorlangan kartochkani berib, o’yin qoidasi tushuntiriladi. Talabalardan birini yordamchi sifatida kartochkalarni tarqatish va ikkinchisini oldisotdini nazorat qiluvchi, hisobga oluvchi qilib belgilash mumkin.
Xaridor va sotuvchining kartochkalari alohida saqlanib, har bir raundda aralashtirilishi lozim. Har bir talaba kartochkani olgach, shartnoma tuzish uchun sherik qidiradi. Bitim tuzayotganda kartochkada belgilangan narxga ahamiyat berish kerak.
Auditoriyada ma’lum bir joyni bozor qilish.
O’yinda kim sotuvchi yoki xaridor bo’lsa, oxirigacha bo’ladi.
Talabalarga «Shartnomani ro’yxatdan o’tkazish varag’i» tarqatiladi. Har bir talaba shartnoma tuzgach, albatta o’zining vedomostini to’ldirishi kerak. Kim bilan bitim tuzgan bo’lsa, ismini yozishi, kartochkadagi narxni hamda tuzgan shartnoma bo’yicha narxni yozib qo’yishi kerak. Bu olgan foydasi yoki zararini hisoblash, g’olibni aniqlashga yordam beradi. Talabalarga, ular shartnoma tuzayotganda hisoblash oson bo’lishi uchun oxiri 5 yoki 0 bilan tugaydigan raqam bilan narxga kelishganlari ma’qulligini eslatish lozim.
Talabalarning shaxsiy hisob varaqlarini to’g’ri to’ldirishayotganini aniqlash uchun sinov raundidan keyin, bu varaqalarni ko’zdan kechirish kerak. Sinov raundidagi shartnoma umumiy hisobkitobga kiritilmaydi.
Bozorda oldisotdi 5 daqiqadan (yoki 2,3 raund 10 daqiqadan) uch raundda o’tkazilishi, birinchi sinov raundi bo’lishi, ikkinchi va uchinchisi haqiqiy hisobga olinishini e’lon qilinishi kerak.
Namoyish qilinuvchi va tarqatiluvchi materialdan foydalanib, shartnomalarni hisobkitob qilish.
Har bir raunddan so’ng, talabalar o’z natijalarini hisoblab chiqishi uchun vaqt ajratish.
Talabalarni iloji boricha ko’proq shartnoma tuzishga rag’batlantirish kerak. Ular o’z kartochkalarini shartnoma tuzgandan so’nggina topshirishlari mumkin. Shuning uchun ular zarar ko’rsalar ham shartnoma tuzishlari kerak. Har bir talaba o’z foydasini ko’paytirish yoki zararini kamaytirishga harakat qilishi kerak.
Birinchi raundda narxlar birbiridan katta farq qilishi mumkin.
Bozordagi muvozanat narxini qanday aniqlash mumkin? Buning uchun talab va taklif shkalasi ma’lumotlari asosida belgilangan nuqtalarni birlashtirish natijasida hosil qilingan talab va taklif egri chiziqlari yordamida javob beramiz. Ular sotuvchi yoki xaridorning xattiharakatini izohlaydi. Ana shu egri chiziqlar kesishgan nuqta (fokal nuqta) muvozanat nuqtasi bo’ladi. Ana shu nuqtaga mos narx esa muvozanat narxi deyiladi. Talabalar o’zlari chizgan grafik bilan o’qituvchi chizgan grafikni solishtirishlari mumkin. Grafikni muhokama qilish jarayonida o’qituvchi talabalarga «Pirovard bozor narxini kim o’rnatadi, sotuvchimi yoki xaridor?» deb murojaat qilishi mumkin. (Albatta, bozordagi narxni sotuvchi va xaridor birgalikda o’rnatadi).
Qanday qilib sotuvchi va xaridor o’rtasidagi raqobat narxga ta’sir ko’rsatadi?
Belgilangan vaqt tugagach o’yinni to’xtatish hamda talabalarni kartoshka bozoridagi umumiy shartnomalar bilan tanishtirish kerak. Har bir qatnashuvchi o’zidan boshqalarni shartnomalari qanday tuzilgani bilan tanishishadi.
Ikkinchi raundda talaba o’zi belgilagan narxni baland ovozda e’lon qilishiga ruxsat berishi mumkin. Bu ham axborot oqimini tezlashtiradi.
O’yin tugagach, uni muhokama qilish boshlanadi. O’yinning muhokamasida ko’p foyda yoki zarar ko’rgan talabalar aniqlanib, ularning natijagalari izohlanadi.
Shartnomalarni hisobga olish varag’i orqali kartoshka bozorida narxlar muvozanat narxi tomon o’zgarib borganini ko’rsatish kerak.
Buning uchun talabalarga: har bir raundda kartoshkaning narxi qanday bo’lgan, eng ko’p miqdorda necha so’mdan sotilgan?
Narxlardagi farq qaysi raundda eng ko’p?
Nima sababdan oxirgi raundda narxlar nisbatan birbiriga yaqin, deb murojaat kilish mumkin.
Birinchi va ikkinchi savolga olingan ma’lumotlar asosida javob bersak, uchinchi savolga bozordagi raqobat kurashi, xaridor va sotuvchilarning ko’proq axborotga ega bo’lishi sabablarini ko’rsatish mumkin.
Sotuvchi va xaridorlar guruhidan birortasi mustaqil ravishda narxni nazorat qilish imkoniga ega emas. Bunga raqobat yo’l qo’ymaydi. Xaridorlar xaridorlar bilan sotuvchilar sotuvchilar bilan raqobat qilishiga talabalarning diqqatini qaratish kerak.
Chizilgan grafik asosida sotuvchi yoki xaridor yutug’ini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qo’shimcha mashq.
Nomukammal raqobat sharoitida narx qanday shakllanishini sinab ko’rish uchun shu o’yinni «Raqobat va bozor narxlarining shakllanishi» mavzusini o’tganda ko’rish mumkin. Bunda sotuvchilar cheklangan bo’ladi. Birinchi raundda sotuvchilarga alohida kartochkalar berilib, birbirlari bilan kelishishlariga yo’l qo’ymay, bozorga chiqariladi. Ikkinchi raundda esa ularni kelishib olishlariga imkon berib, bozor boshlanadi Raund tugagach, ularning olgan foydasi qanday o’zgarganini muhokama qilinadi:
Erkin bozorga nisbatan, sotuvchilar kam, lekin birbirlari bilan kelisha olmaydigan sharoitda.
Sotuvchilar o’zaro kelishishlari mumkin bo’lgan sharoitda.
O’yin talabalar soni 20 tadan kam bo’lmagan guruhlarda nisbatan yaxshi o’tadi.
4. Asarlarni o’rganishda o’yin metodini qo’llash (O’zbekiston Prezidentining asarlari misolida)
Asarlar yoki ilmiy maqolani muhokama qilishda modellashtiruvchi o’yin metodini qo’llash yaxshi natija beradi. O’yinni konkurs shaklida o’tkazish mumkin. Buning uchun guruh talabalari ikki komanda va hay’at a’zolariga(2 yoki 4 talaba) bo’linadi. Hay’at a’zolariga o’qituvchi boshchilik qiladi. Barcha talabalarga asarni, maqolani chuqur o’rganish va konspekt qilish topshiriladi. Tanlov tayyorgarlik ko’rish, o’tkazish va natijasini muhokama qilish asosida tashkil qilinadi. Uni qanday o’tkazishni Prezidentimiz asarlari misolida ko’rib chiqamiz. Konkurs uchun 2 asarni olamiz. Ular:
O’zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.
O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
Tanlovni olib borish uchun har ikki jamoadan bittadan boshlovchi tavsiya qilinadi. Konkursda har bir jamoa uchun 4 tadan topshiriq beriladi. Bular:
savolga javob; test variantlarini echish; avvaldan tayyorlangan uy vazifasi, talabalar tomonidan tayyorlangan asar bilan bog’liq kichik sahnalashtirilgan epizod, 4topshiriq talabalar tomonidan test tuzish va unga javob berish bo’lsin.
Dostları ilə paylaş: |