1 topshiriq, har bir jamoaga 3 tadan savol beriladi. Savollar bir xilda konvertlarga joylanadi. Har bir komandadan bir talaba chiqib, konvertni olib, savolni o’qiydi va javob beradi. Javob bera olmasa, komanda yordamga keladi. Komanda ham javob bera olmasa raqib jamoa javob berishi mumkin. Har bir to’g’ri javob 1 ball hisoblanadi. Uni o’qituvchi belgilaydi.
Savol: Birinchi bosqich – totalitar tizimdan zamonaviy bozor munosabatlariga o’tish bosqichida ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga hal qilishga to’g’ri keldi.
Ana shu hal qiluvchi vazifaning birinchisini ayting.
Savol: Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga hal qilishga to’g’ri keldi.
Ana shu hal qiluvchi vazifaning ikkinchisini ayting.
Javob:
Respublikamizning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Savol: Nima sababdan kichik va o’rta biznesni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning negizi hisoblanadi?
Javob:
Chunki kichik va o’rta biznes bozor talabiga tezda moslashadi va samarali xo’jalik yuritiladi.
Savol. Nima sababdan investitsiyalarni jalb qilishga katta ahamiyat berilayapti?
Javob:
Chunki iqtisodiy o’sishga investitsiyalar qo’yilgandagina erishiladi.
Savol: Nima sababdan Prezidentimiz nutqlarida raqobatchilik muhiti yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanadi?
Javob:
Chunki raqobatchilik muhiti bo’lmasa rivojlanish bo’lmaydi.
Savol: Nima sababdan Prezidentimiz nutqlarida soliqlarni miqdorini turli yo’llar bilan oshirish davlatga ham, jamiyatga ham naf bermasligi ta’kidlandi?
Javob:
Chunki soliqlarni haddan ziyod ko’paytirish oxiroqibat ishlab chiqarishni qisqartirishga olib keladi.