Metodning kamchiliklari:
Reallikni haddan tashqari soddalashtirishga olib kelishi, natijada olingan bilimni hayotda qo’llash nisbatan qiyin, foydasi kam bo’lishi mumkin.
Vaqtdan samarasiz foydalanish.
Mavzu bo’yicha uning mazmunini ifodalaydigan o’yin tayyorlash qiyin.
O’yinga tayyorgarlikka ko’p vaqt ketishi.
Talabalarni doimo zarur darajada nazorat qilib turish qiyin.
Bu uslubni qo’llash bilan bog’liq yana bir muammo vaqt masalasidir. U ko’p vaqt talab qiladi. Shuning uchun ko’p o’qituvchilar vaqtni qizg’anib, bu uslubdan juda kam foydalanishadi. Agar o’qituvchi o’tilgan materialni mustahkamlash, talabaning bilimini puxta bo’lishini ko’zlasa, vaqtning bir muncha ortiqcha sarflanishi o’zini oqlaydi.
Umuman olganda, metodning kamchiliklaridan afzallik tomonlari ko’proq. Dars jarayonida barcha mavzularda qo’llashning iloji yo’q, buning hojati ham yo’q. Lekin muhokama qilinayotgan savolga mos mavzularda o’yinlar tayyorlash zarur.
Takrorlash va munozara uchun savollar:
Dars o’tish metodlari orasida modellashtiruvchi o’yin metodi, sizningcha, qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?
O’yin asosida dars o’tishda qanday maqsadlar ko’zlanadi?
Modellashtiruvchi o’yin shartli ravishda qanday shakllarga bo’linadi? Ularni sizningcha, farqi bormi yoki yo’q?
“Kartoshka bozori” o’yini bilan tanishdingiz. Shunday yoki shunga o’xshash o’yin metodini qo’llab dars o’tkaza olasizmi?
Tanlov asosida o’yin dars o’tishga qanday qaraysiz? Yoki uni darsdan tashqari vaqtda o’tkazgan ma’qulmi?
Metodning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini aytib bera olasizmi?
13-Mavzu. Iqtisodiy fanlarni o’rganishda tadqiqot va munozara metodi.
REJA:
Iqtisodiy fanlarni o’rganishda tadqiqot metodi va uning boshqa uslublardan farqi.
Dars o’tishda munozara metodini qo’llash.
Dostları ilə paylaş: |