Tadqiqot metodini afzallik tomoni shundaki, aynan shu metodni qo’llab chizma, grafik, jadvallarning tahlilini o’rganishimiz mumkin. Bu esa iqtisodiy fanlarni o’rganishda juda qo’l keladi. Masalan, pul taklifi bilan talabining muvozanatini ushbu metodni qo’llab ko’rib chiqishimiz mumkin.
Quyidagi grafiklarga diqqat qiling: agar pul taklifi 200 milliard so’m desak, pul bozorida muvozanat qanday o’rnatiladi. Nima sababdan bir vaqtning o’zida pul taklifi va foiz stavkasini tartibga solib bo’lmaydi?
foiz stavkasi foiz stavkasi r r
15 M 15
10 10 M1
5 5
talab
0 50 150 250 0 50 150 250
rasm b) rasm
Pulga transaktsion (bitim) Foiz stavkasiga ko’ra pulga talab grafigi talab grafigi
Maqsad: 1. Foiz stavkasining pulga talab va taklifga ta’sirini o’rganish;
2. Pul taklifi va pulga talab, foiz stavkasi o’rtasidagi bog’lanishni o’rganib, uning asosida xulosa chiqarish. Qo’yilgan masalani echish uchun materiallar:
pulga transaktsion talab grafigi;
foiz stavkasiga ko’ra pulga talab grafigi.
Bu grafiklarni slaydga, doskaga chizish yoki tarqatiladigan material sifatida tayyorlash mumkin.
Tadqiqot tafsiloti:
Ma’lumki, bozor xo’jaligida ssuda kapitali vujudga keladi. Bunda pul qo’shimcha fazilat, foyda keltirishga ega bo’ladi.
Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo’ladi. Bu uning ma’lum ehtiyojni qondirishda pulning xossasidan foydalanilgani uchun beriladigan xaq bo’ladi.
Ssuda kapitaliga talab va taklif asosida muvozanatlashgan ssuda foizi belgilanadi.
Odatda, bozor va o’rtacha foiz normasi farqlanadi. Bozor foiz normasi bozordagi ma’lum vaqt mobaynida belgilangan foiz bo’lib, bozor kon’yunkturasiga bog’liq. U iqtisodiyotdagi o’zgarishga qarab, tebranib turadi. O’rtacha foiz normasi uzoq muddat davomida uning o’zgarish harakatini ifodalaydi.
Ssuda kapitaliga bo’lgan talab va taklifga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
Tadqiqot o’tkazish jarayonida o’qituvchi savollar bilan murojaat qilib, pulga talab va taklifning hajmiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga ta’sir ko’rsatadi. Pulga talabga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan foiz stavkasi bo’lib, uning o’zgarishi pulga talabni o’zgarishiga ta’sir qiladi.
Talabalar ikkinchi grafik bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar.
Grafikdan ko’rinib turibdiki, foiz stavkasi yuqori bo’lganda kreditga talab kam, aksincha, foiz stavkasi kam bo’lganda talab ko’p. Buni sababini talabalar turlicha izohlashlari mumkin. Lekin shunday xulosa chiqariladiki, bank kreditiga foiz stavkasi yuqori bo’lganda talabni kamayishiga sabab, tadbirkorlar olgan foydalaridan foiz to’laydilar. Agar olgan foydalari to’laydigan foizlarga nisbatan kam bo’lsa o’zlariga qoladigan miqdor qoniqtirmasa kredit olishmaydi. Kredit olganda foiz stavkasi past bo’lsa, olingan foydadan qarz (foizi bilan) to’lash imkoni kengayadi. Natijada tavakkal qilib kredit olishga intilish kuchayadi.
Shu bilan birga, foiz normasi ta’sir ko’rsatmaydigan holat ham mavjudligini (a) rasmdan ko’rish mumkin. Bunda pulga talab darajasiga foiz stavkasi bog’liq bo’lmaydi. Unda, asosan, tovarlar narxi, pul birligi oboroti tezligi bog’liq bo’lib, foiz stavkasi ta’sir ko’rsatmaydi.
O’qituvchi «pul taklifi 200 mlrd. so’m bo’lganda muvozanat qanday bo’lishini aniqlash uchun nima qilishimiz kerak?» degan savol bilan auditoriyaga murojaat qiladi.
Talabalar turlicha fikrlar aytishadi. Ular ichida eng to’g’ri fikr birinchi navbatda transaktsion talab bilan foiz stavkasiga ko’ra talabni birga qo’shganda umumiy talab qancha bo’lishi mumkinligini aniqlash. Buning uchun har ikki grafikni bitta grafikda ifodalaymiz. U holda shtrixlangan Dt pulga transaktsion talab chizig’i bilan, Dr pulga foiz stavkasiga ko’ra talab chizig’i kesishgan nuqta umumiy talabni ifodalaydi.
Biz pulga umumiy talabni aniqladik, endi muvozanat darajasini aniqlashamiz kerak.
O’qituvchi talabalarga yana murojat qiladi: «Qanday qilib muvozanat o’rnatamiz?»