Maxsus (iqtisodiy) fanlarni o’qitish metodikasiga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtira olish. Dars o’tish metodlarini amalda qo’llay bilish va ijodiy fikrlay olish.
Mamlakatimizda kasbhunar kollejlari va akademik litseylarida iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llanilayotgan metodlarni xorijiy o’quv yurtlarining ilg’or tajribalari bilan solishtirib, tahlil qilish, xulosa chiqarish va baholash. Dars o’tish jarayonini tashkil etish haqida mustaqil mushohada yuritish. Iqtisodiy fanlardan dars berishda o’rganilayotgan mavzuning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish malakasiga ega bo’lish. Dars o’tishning barcha metodlarini qo’llay bilish. O’rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayon to’g’risida dars o’tishda qanday metod tanlash bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi. Berilgan mavzular bo’yicha ko’rgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash.
71–85
Yaxshi
Dars o’tish jarayonini tashkil etish haqida mustaqil mushohada yuritish. Iqtisodiy fanlardan dars berishda o’rganilayotgan mavzuning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish malakasiga ega bo’lish. Dars o’tishning barcha metodlarini qo’llay bilish. Mamlakatimizda kasbhunar kollejlari va akademik litseylarda iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llanilayotgan metodlarni xorijiy o’quv yurtlari ilg’or tajribasi bilan solishtirib tahlil qilish, xulosa chiqarish va baholash. O’rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayon to’g’risida dars o’tishda qanday metod tanlash bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi.