6-Mavzu. Zamonaviy ta’lim berishning qonunlari va qonuniyatlari.
REJA:
8-Mavzu. Iqtisodiy ta’lim tizimida innovatsion va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb masalalari.
Reja:
1. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasining mazmuni.
2. Pedagogning innovatsion faoliyati.
3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari.
4. Hamkorlik ta’lim texnologiyalarining didaktik mohiyati.
5. Innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari.
Tayanch iboralar: innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvi, innovatsion ta’lim texnologiyalari (TT), hamkorlik ta’limi, loyiha ta’limi, hamkorlik TT, loyiha TT.
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasining mazmuni. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar sanaladi:
- yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar.
Dostları ilə paylaş: |