HTTni qo‘llash tartibi:
- talabalar (4-5 kishi) kichik guruhlarda ishlaydi;
- jamoa uchun yagona o‘quv materiali taqdim etiladi;
- har bir guruh alohida savolga javob topadi;
- Ekspert guruhi shakllantiriladi;
- bu guruh har guruh ishi bilan batafsil tanishadi;
- ekspert guruhi har bir talabaning faoliyatini individual baholash imkoniyatiga ega;
- talabalar to‘plagan ballar umumlashtirilib, kichik guruhning faoliyati baholanadi;
- eng yuqori ball to‘plagan jamoa g‘olib sanaladi.
“Ajurli arra” (fr. “ajour” – bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq) strategiyasi yaxlit mavzuni bir nechta qismlarga ajratgan holda mazmunini yoritish asosida talabalarning uni puxta o‘zlashtirishi, o‘z bilimlarini boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo‘lishi ta’minlanadi. Bu jarayonda talabalar tayyor matnlar bilan ishlaydi. 1986 yilda F.Slavin tomonidan “Ajurli arra-2” metodi ishlab chiqildi.
Mashg‘ulotda “Ajurli arra” strategiyasini qo‘llash quyidagi taxlitda amalga oshiriladi:
Strategiyani qo‘llashda talabalarning mavzuni puxta o‘zlashtirganliklari, o‘zlari ega bo‘lgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo‘lishlari muhim sanaladi.
“Ajurli arra” strategiyasining texnologik modeli quyidagicha:
Innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari. Zamonaviy sharoitda nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga talabalarning o‘quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanilmoqda. Ayni o‘rinda ana shunday vositalardan ikkitasi – o‘quv portfoliosi va “Assesment” texnologiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi.
So‘nggi yillarda zamonaviy ta’limda pedagogning kasbiy, talabaning esa o‘quv faoliyatini mazmunan takomillashtirish, shuningdek, har ikki faoliyat turining sifatini ma’lum ko‘rsatkichlar asosida yetarlicha, xolis baholashga nisbatan ehtiyoj kuchaymoqda. Portfolio pedagog hamda talabaning faoliyatiga bilvosita baho berish, qay darajada sifatli va samarali ekanligini tahlil qilish imkoniyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Qolaversa, portfoliolar pedagog va talabalarga ularning shaxsi, faoliyati bilan turli ekspertiza (tekshiruv)lar jarayonida komissiya a’zolarini bilvosita tanishish imkoniyatini beradi.
“Portfolio” inglizcha so‘z bo‘lib, “portfel” yoki “portfellar to‘plami” ma’nosini anglatib, avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to‘plami sanaladi. Bu kabi to‘plam ham pedagog yoki talabaning shaxsi, faoliyatining turlari, erishilgan yutuqlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni berishga xizmat qiladigan individual papka sanaladi. Umuman olganda, portfolio har bir pedagog yoki talabaning maksimal darajada erishgan yutuqlari, ularning ijodiy imkoniyatlari, qiziqish hamda qobiliyatlarini yoritadi. Boshqacha aytganda, portfolio pedagog yoki talaba uchun o‘ziga xos reklama.
Dostları ilə paylaş: |