1. Iqtisodiy fanlarni o’rganishda tadqiqot metodi va uning boshqa uslublardan farqi.
Iqtisodiyotni o’rganishda tadqiqot metodini qo’llash talabalarning puxta bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi, iqtisodiyot doimo kishilarni oldiga tanlov muammosini qo’yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsaddagina ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib bo’lmaydi. Masalan, erga uy qurilsa, endi u erga ekin ekib yoki yo’l qurib bo’lmaydi. Buning uchun uyni buzish kerak.
Dars berishning bu metodi oldiga ikki maqsad qo’yiladi:
Mavzuning mazmunini o’zlashtirish va ilmiy metodlardan foydalanishni o’rganish;
Axborotlar, dalillar, ma’lumotlar asosida tadqiqot o’tkazish jarayonida qatnashish orqali talabalarni axborot to’plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, baholashga o’rgatish.
Tadqiqotchilik quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
tadqiqotga oid dalillar, hodisalar mohiyati, ularning aloqadorlik va nisbatlarini aniqlash;
tadqiqot doirasini, uni ro’yobga chiqarish yo’llarini aniqlash;
tadqiqot maqsadini belgilash va muvofiq ravishda vazifalarni aniqlash;
tadqiqot o’tkazish rejasini tuzish;
tadqiqotni amalga oshirish;
tadqiqot echimining to’g’riligini amalda isbotlash.
Tadqiqot metodi asosida dars o’tish induktiv va deduktiv mantiqqa tayanishi mumkin.
Tadqiqotning deduktiv metodga asoslanishi iqtisodiyotda qator tayyor qoida, qonunlar mavjudligi, ulardan qo’yilgan muammolarni echishda foydalansa bo’lishiga tayanadi. Bu qonun, qoidalar talabalarga zarur axborotni keraksiz ma’lumotlardan ajratishga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida izlanishni to’g’ri yo’ldan borishiga ko’maklashadi.
Induktiv metodni qo’llash yordamida talabalar ma’lumot, axborotga asoslanib, iqtisodiy hodisa va jarayonlar haqida yangi ilmiy taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi yoki ilgari bildirilganlarini tekshirib ko’rishi mumkin. Bunda, bir muqobil qiymat ikkinchisi bilan solishtiriladi. Shuning uchun kishilarning xattiharakati qanday bo’lishini va ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bunga tadqiqot uslubi orqali erishish mumkin.
Bu uslubning boshqa metodlardan farqi, u talabalarni fikr yuritishi yuqori darajada bo’lishi, bor intellektual qobiliyatlarini ishga solishni talab qiladi. Taniqli amerikalik mutaxassis Benjamin B...33F17 tavsiya qilgan bilishning olti bosqichining eng yuqori bosqichiga to’g’ri keladi. U baholash bo’lib, baholashni uddasidan chiqish uchun olgan bilimini yodga tushirish, qo’yilgan masalani tushuna bilish, qo’llay olish, tahlil qilish, sintez qilishni bilishi, turli variantlarni taqqoslashi, oxiroqibat xulosa chiqara oladigan darajada bilimga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun ham bu uslubni talabalarning tayyorgarligi, faolligini ta’minlash, bilim darajasini oshirish asosida barcha guruhlarda qo’llash mumkin bo’ladi. Buning uchun talabalarni axborot to’plash, mustaqil ravishchda adabiyotlarni o’qib, jadval va grafiklardan foydalanishni o’rganishlarini kuzatish, aniqlash va bu ko’nikmalarni hosil qilishlari uchun yordam berish kerak.
Metodni qo’llash uchun o’qituvchi puxta tayyorgarlik ko’rishi kerak:
Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo’yiladi.
O’qituvchi talabalarga bironbir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning o’zlari muhokama qilayotgan masalaning echimini mumkin bo’lgan variantlarini taklif qilishlari, tushuntirishlari lozim.
Talabalar ma’lumotlar, axborotlar to’plashadi. Mustaqil ravishda adabiyotlar o’qib, jadval, grafik, videofilm va boshqalarni o’rganib, shaxsan tadqiqot o’tkazadi yoki darsda tadqiqot o’tkazishda qatnashadi.
Olingan ma’lumotlar asosida qo’yilgan masala bo’yicha xulosa chiqariladi.
Aytilgan gipoteza to’g’rimi yoki yo’qligi, aniqlanadi. Noto’g’ri bo’lsa chiqarilgan xulosa bo’yicha yangi ta’rif beriladi.
Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qilishchda deduktiv taxminlar keng qo’llaniladi. Ular masalani, muammoni echishda odamlarning sa’yharakati qanday bo’lishi mumkin, ular nimani tanlashlari mumkin, buning sababi nimada ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog’liqligini anglay bilishimizga bog’liq. Tadqiqot o’tkazishda ana shu taxminlardan foydalanamiz. Ular asosida xulosa chiqaramiz.
Dostları ilə paylaş: |