O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»



Yüklə 8 Mb.
səhifə66/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Odamlar tanlaydilar. Hamma kim bo’lishi, nima ish qilishi, qaerda yashashidan qat’iy nazar cheklanganlik muammosiga duch keladi. Shuning uchun tanlash va qaror qabul qilishga majbur.

  • Tanlov xarajatlar bilan bog’liq. Odamlar muqobil variantlar orasidan eng yuqori naf keltiradigan yoki eng kam xarajat talab qiladigan variantlarni tanlashadi.

  • Rag’batlantirish(stimullar)ga qanday tarzda e’tibor qilishlari, qanday munosabatda bo’lishlarini oldindan aytish mumkin. Stimullar turlituman, jumladan pul shaklida yoki jismoniy qoniqish tarzida ham bo’lishi mumkin.

  • Iqtisodiy tizimlar yaratiladi. U o’z navbatida individual tanlov stimullariga ta’sir ko’rsatadi. Har doim biron bir kishi u yoki bu muqobil variantni cheklovchi, u yoki bu tanlovni afzal ko’rar ekan, yoki qo’shimcha muqobil variantni hosil qilar ekan, boshqalar uchun stimul o’zgaradi. Har safar qonun yoki tartib o’zgarganda muqobil variantlar cheklanadi yoki stimullar o’zgaradi.

  • Ixtiyoriy ayirboshlashda qatnashganlar doimo yutishadi. Har safar ikki va undan ortiq kishi ayirboshlashni amalga oshirar ekan, har bir kishi o’zi uchun kamroq qadrlanadigan yoki unchalik zarur bo’lmagan narsani qadrlanadigan, zarur narsaga almashtiradilar. Natijada ayirboshlash har ikki tomon uchun qo’shimcha qadrqimmat yaratadi. Shunday tarzda butun iqtisodiyotda ham ayirboshlash har ikki tomon uchun manfaatli bo’ladi

  • Tanlov kelajakda namoyon bo’ladigan ma’lum bir oqibatga olib keladi. Tanlash natijasida ko’zlangan maqsadga etish mumkin. Lekin kelajakda u qanday oqibatga olib keladi, buni baholash qiyin. Shuning uchun juda ko’p qarorlar tavakkal bo’lib, ularda ma’lum darajada xatar mujassamlangan. Shuning uchun ham tanlash risk qilishdir.

    Talabalar biron masalani, muammoni o’rganar ekanlar, insonlarning ana shu iqtisodiy fikrlash tarzini yoddan chiqarmasliklari lozim.
    Bu metod dars berishning boshqa metodlaridan:

    1. iqtisodiy fikrlashning yuqori bosqichiga asoslanganligi;

    2. talabalarning bor intellektual qobiliyatlarini ishga solishi;

    3. ilmiy izlanishda talabalarni bevosita ishtirok etishlari;

    4. ma’lumotlar, dalillar asosida hisobkitob qilib, xulosa chiqarish va baholashga o’rgatishi bilan farqlanadi.
    2. Darsni tadqiqot metodi asosida tashkil etish.

    Dars jarayonida o’qituvchi tadqiqot metodini turlicha qo’llashi mumkin. Jadval ma’lumotlari, grafik, diagrammalar yordamida tadqiqot metodini qo’llash qulay.


    Biz tadqiqot metodini modellashtiruvchi, imitatsion o’yin asosida, dars o’tishni mulk munosabatlari misolida ko’rib chiqamiz.
    Mulk munosabatlari mavzusi bo’yicha dars o’tish jarayonida tadqiqot metodini qo’llash mulkchilik mazmunini tushunarli bo’lishiga yordam beradi.

    1. Maqsad: mulkchilik, mulk munosabatlarini, mulkka iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida tushuntirib berish.

    2. Mulk huquqini resurslarni taqsimlanishida qanday rol o’ynashini tahlil qilish.

    3. O’yin o’tkazish uchun materiallar, auditoriyada taxminan 2x2 metr bo’sh joy.

    4. 60 dona skrepka, gugurt cho’pi yoki boshqa material bo’lishi mumkin;

    5. Rangli skotch.

    6. Mulk huquqi dastasi va undan kelib chiqib mulk huquqining aniq sifatlari ko’rsatilgan tarqatma material.



    1. Tarqatiladigan material


    Yüklə 8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin