Doska-stend mashg’ulotlarda o’quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitish vositasi.
Stendga o’sha kattalikdagi qog’oz qo’yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doskastendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izohsharhlar va hokazo kartochkada aks etirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikrmulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo’ladi.
Doska-bloknot bu varaqlanadigan qog’ozli doska bo’lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo’llaniladi. Uning afzalligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o’quv xonasiga osib qo’yish mumkin.
Ko’rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Ana shu ko’rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik vositalardan keng foydalanish mumkin.
Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazib qo’yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo’llaniladigan texnik vositalardan kodoskop,
proektordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositalardan biri bo’lib, darsda ko’rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Dars o’tishda keng qo’llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o’tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko’proq ishlatiladi. Boshqa vositalar kabi proektorning ham o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Proektor bilan ishlashning afzalliklari:
dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi;
plenkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo’lishi mumkin;
turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,
bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;
kerak bo’lmagan qismini yopib qo’yish mumkin.
Proektor bilan ishlashning kamchiliklari:
talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;
plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko’p vaqt talab qiladi;
proektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong’i bo’lishi kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mumkin.
3. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi paytda o’quv materiallari, axborotlarni ekranda ko’rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o’quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o’tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Ayniqsa, o’quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funktsiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:
o’quvchi talabalarga o’rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo’yicha to’liq, ishonchli axborot berish;
o’quv jarayonida ko’rgazmalilikning rolini oshirish;
talaba, o’quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish;
o’qituvchining o’quvchi, talabalarning bilimini, ko’nikmalarini sinash bilan bog’liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o’rnatish;
talabao’quvchilarni o’zlashtirishi bo’yicha ob’ektiv hisobot, to’la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.
Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimedia turadi.
Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (ob’ektlarning fazodagi, ekrandagi harakati)
jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.
Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Axborotning xilmaxil turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Mutimediada ishlashning quyidagi afzalliklari bor:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoni yaratiladi;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;
ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;
olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi.
POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multimedia tayyorlash va dars jarayonida qo’llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko’rsatilmoqda. Multimediadan o’quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turlituman multimedia mahsulotlarini, oxiroqibatda elektron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo’l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim ob’ektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining etishmasligidir. Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o’rtasida konkurslar o’tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o’xshash iqtisodiyotni o’rganadigan, qo’llangan choratadbirlarning natijasini qanday bo’lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo’q. Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarini
yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Ta’lim vositalari, real vositalar, texnik vositalar, chop etilgan o’quv materiallari, doska, doskastend, doskabloknot, proektor, multimedia
Takrorlash va munozara uchun savollar
Texnik vositalardan dars jarayonida foydalanish qanday ahamiyatga ega?
Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?
Texnik vositalardan o’quv jarayonida foydalanishning qanday afzalligi va kamchiliklari bor?
Dostları ilə paylaş: |