3.Pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirishning modeli
3-rasm. Pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirishning modeli
4-rasm. Ta’lim innovatsiyalarining asosiy turlari.
Инновацион жараён — бу педагогик янгиликлар, бу янгиликларнинг педагогик ҳамжамият томонидан ўзлаштирилиши ва улардан илмий асосда амалиётда самарали фойдаланишнинг ўзгариб борувчи яхлитлигидир.
O‘qituvchi – masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi.
Moderator – masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog.
Tyutor (lot. “tutorem”) – o‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruzachi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).
Edvayzer (fr. “avisen” – “o‘ylamoq”, “advisor” – “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning yechimini topishga yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.
Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi.
Bugungi kunda blended learning ta’limi deganda kunduzgi an’anviy ta’lim va masofaviy ta’limning elementlarini kombinatsiyasi ham tushunilmoqda. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalandi. Aytish joizki, axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi axamiyati be’qiyos, tobora uning yangi ko‘rinishlari taklif etilmoqda.
Ta’lim tizimida pedagoglarning innovatsion faoliyatini tashkil etish yuzasidan yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan xolda qo‘yidagicha xulosaga kelish mumkin.
1. Ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonlarni tashkil etishda gnostik-dinamik, individual faoliyatli, ko‘p sub’ektli (dialogik), insonparvarlik va individual-ijodiy yondashuvlar kuzatiladi.
2. Bugungi kunda innovatsion xarakterga ega o‘yinli texnologiyalar, muammoli ta’lim, loyihali ta’lim va masofaviy ta’lim shakllaridan foydalanib, talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xusu-siyatlari, qobiliyatini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talablarining bajarilishi ta’lim sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilashni kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: |