O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə125/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Psixologiya – pedagogika lug‘atida uzluksiz ta’lim shaxsning ijodiy imkoniyatlarini olg‘a rivojlantirishi va uning xar tomonlama rivojlanishi, shuningdek ma’naviy dunyosining boyishini ta’minlovchi butun umr va bosqichma – bosqich davom etuvchi jarayon sifatida keltirilgan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ushbu tushunchaga to‘liq konseptual ma’no bergan. “Uzluksiz ta’lim Uzbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnik va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustivor soha sifatida kadrlar tayyorlash tizimining asosi xisoblanadi”. Shuningdek, “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishiga va raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda oldinga intilish uchun barcha shart – sharoitlarni yaratib beradi”.
Ta’lim tizimida uzluksizlikni ijtimoiy va kasbiy – shaxsiy rivojlanish vositasi sifatida uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amalga oshirishning umumiy tamoyillarini shakllantirishga imkon yaratuvchi muayyan bir vazifani bajarilishi tushuniladi:
  • Maqsadga yo‘naltirilganlik, u asosan uslubiy xususiyatga ega bo‘lsada insonning tabiiy rivojlanishini differensialash va uning rivojlanishi bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati uchun zarur bo‘lgan, uzluksiz ta’lim mazmuni asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’lim tizimi chegaralarini asoslashga xizmat qiladi.


  • Ta’limga individual yondashuv xar bir insonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, nafaqat alohida yondashuv va ta’lim uslublari, balki ta’lim mazmunining individualligini talab etadi.


  • Uzluksiz alohida shaxsga nisbatan qo‘llaniladi va unga individual ta’lim traektoriyasini tanlash imkoniyatini berilishini ko‘zda tutadi.


  • Uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amaliy amalga oshirishning tizimiyligi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, tashkiliy tamoyillar va uni tuzilishida tizimiy yondashuv asosini anglatadi.


Malaka oshirish uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilayotganda, uzluksiz ta’lim muammolaribo‘yicha birinchi nazariy usullar XX asrning birinchi yarmida ingliz tadqiqotchilarining ilmiy ishlarida paydo bo‘lganligini yoddan chiqarmaslik lozim. Mazkur muammoga bag‘ishlangan birinchi ilmiy ishlarda, asosan nazariy va amaliy masalalarda deyarli kam ishlab chiqilgan katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish xaqida so‘z yuritilgan. Avvalo, uzluksiz ta’lim katta yoshdagi insonlarga bazaviy ta’lim berishdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga imkon yaratuvchi yoxud olingan kasbiy bilimlarning eskirishi bilan bog‘liq zaruriy ta’lim o‘rnini to‘ldiruvchi ta’lim sifatida ko‘rib chiqilgan.


Katta yoshdagi insonlarga nisbatan uzluksiz ta’lim deganda “xam umumiy va maxsus o‘quv muassasalarining istalgan turi, xam shaxsning o‘z – o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida bilim va malakalarini takomillashtirish va unga ega bo‘lishdagi tizimlashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni tushunmoq zarur”.
Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi hayotining barcha bosqichlarida insonning rivojlanishini ko‘zda tutadi va fikrimizcha, birinchidan, hozirgi vaqtda yechimini talab etayotgan muammolar, yangi avlodning o‘sib yetilish davrigacha qoldirilishi mumkin emasligin va shuning uchun bugungi hayot uchun to‘liq javobgar bo‘lgan kattalar bilimliligini oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar qabul qilish zaruriyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, zamonaviy mavjud dalillar shundan iboratki, inson maktabda va keyinchalik oliy o‘quv yurtida olgan bilim malaka va ko‘nikmalari, uning butun umri
Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin