O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Ta’lim oluvchining ijtimoiy – kasbiy extiyojlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə126/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

1. Ta’lim oluvchining ijtimoiy – kasbiy extiyojlari. Ta’lim olayotganlarning individual ijtimoiy – kasbiy extiyojlarini , shuningdek ularning kasbiy faoliyatiga talablarni namoyon etish ta’lim jarayonining boshlang‘ich nuqtasi xisoblanadi. Ta’lim oluvchilar bilan savol – javoblar, testlar o‘tkazish, guruhlarda muhokama qilish ushbu extiyojlarni aniqlash va ta’lim oluvchining ijtimoiy – ruhiy va kasbiy – shaxsiy portretini tuzishga imkon yaratadi.
2. Ta’lim oluvchini (ta’lim olish zaruriyatining asoslanganligi) motivatsiyalash. Ta’lim olayotgan shaxs unga o‘qish xaqiqatan zarurligiga ishonch hosil qilishi zarur. Katta yoshdagi insonlar mazkur kurs yoki bo‘lim nima uchun ularga kerakligini asoslab berilishiga katta ahamiyat beradilar.
3. Ta’lim oluvchining beixtiyoriyligi (reflektivligi). Ushbu tamoyil o‘z navbatida bilim olishning bosh asosi xisoblanib, ta’lim oluvchining ta’limga bo‘lgan ongli munosabatiga asoslangan.
4. Shaxsiy extiyojlarga asoslangan ta’limni individullashtirish. Katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish shaxsning ijtimoiy – ruhiy xususiyatlarini va ta’lim oluvchining kasbiy faoliyat yuklagan cheklanishlarni, bo‘sh vaqti mavjudligini, moddiy ahvoli va shunga o‘xshash xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Individual yondashuv asosida ta’lim olayotgan shaxsni baholash, uning kasbiy faoliyati, ijtimoiy kelib chiqishi va pedagogik jamoadagi o‘zaro munosabatining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish yotadi.
5. Ta’lim olishning mustaqilligi. Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, ungsha javobgarlikni his etish – katta yoshdagi insonlar xulq – atvori va ongining asosiy jihati hisoblanadi. Ushbu tamoyil katta yoshdagi inson uchun uquv materialllari bilan asta – sekin tanishish, iboralar, atamalar, tasniflarni eslab qolish, ularni bajarish usullari va jarayonlarini anglab yetish imkonini ta’minlaydi.
6. Ta’lim olishning elektivligi. Bu ta’lim oluvchiga ta’lim maqsadlari, mazmunlari, shakllari, uslublari, manbaalari, vositalari, muddatlari, vaqti, o‘qitish joyini ta’lim natijalarini baholash imkonini taqdim etishni anglatadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin