O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


II BOB. Pedagog kadrlar malakasini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə128/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

II BOB. Pedagog kadrlar malakasini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
2.1. Pedagog kadrning malaka oshirish kursi tinglovchisi
sifatidagi tavsifi

O‘quv ishlarining u yoki bu shakliga kirib kelar ekan, katta yoshli kishi o‘zi uchun ta’lim oluvchining muayyan ijtimoiy-psixologik rolini qabul qiladi. Lekin o‘zining shaxsiy ma’nosi bo‘yicha u maktab o‘quvchisining bolalik davrida bajaradigan roliga o‘xshamaydi. Kattalar uchun o‘qish – muhim, lekin o‘zining asosiy, jamoat-mehnat faoliyatiga nisbatan har holda yordamchi faoliyatdir. Bu esa katta yoshdagi kishining o‘qish jarayoniga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning keng tizimi, o‘zining mehnat faoliyatiga kirishganganligi bilan tavsiflanuvchi ma’nodagi munosabatini tag tugi bilan o‘zgartiradi. Katta yoshdagi kishi o‘z o‘qishining ma’nosi va ahamiyatini aynan o‘zining jamoat, mehnat, shaxsiy (oilaviy) hayoti nuqtai nazaridan baholaydi.
Ta’limda kattalarning o‘rni alohida tavsifga ega va shunga mos ravishda ta’lim jarayoni quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda qurilishi lozim:
  • kattalar ta’limining variativligi va qo‘shimcha ta’lim dasturlarining o‘zib ketuvchi harakteri;


  • ta’lim dasturlari mazmunining eng yangi texnologiyalarning rivojlanishiga mosligi;


  • ta’lim dasturlarining o‘qitishni individuallashtirishni ta’minlovchi o‘zgaruvchanligi;


  • axborot texnologiyalarini joriy qilish va sohaning axborot-ta’limiy muhitini bosqichma-bosqich shakllantirish;


  • ijtimoiy treninglarni ishlab chiqish va joriy qilish, maqsadlar, vazifalarni ishlab chiqish, kasbiy faoliyatda kompetentli yechimlarni qabul qilish;


  • vaqt mezoni;


  • turli xil ta’lim dasturlarida tinglovchilarni zamonaviy ijtimoiy sharoitlarga moslashtirishga yordam beruvchi maxsus ta’lim bloklarining mavjudligi.


Katta yoshdagi ta’lim oluvchining boladan farqi shundaki, u:


  • o‘qishga o‘z ixtiyori bilan, majbur qilinmasdan keladi;




  • o‘zining tajribasi, motivatsiyasi, qadriyat yo‘nalishlari asosida bilimlarni baholaydi, tahlil qiladi va ularni tuzatadi;


  • o‘zini mustaqil shaxs sifatida tushunadi;


  • o‘zining va hamkasblarining muhim o‘quv manbai bo‘lib qoladigan katta hayotiy (maishiy, kasbiy, ijtimoiy) tajribaga ega;


  • uning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi o‘zining muhim hayotiy muammolarini hal qilish va aniq maqsadlarga erishishga intilishi bilan aniqlanadi;


  • olingan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va sifatlarni tezroq amalga oshirishga intiladi;


  • uning o‘quv faoliyati ma’lum darajada vaqtli, makonli, maishiy, kasbiy, ijtimoiy mezonlar (shartlar) bilan bog‘liq.

Katta yoshdagilar va bolalarning o‘quv jarayoniga munosabati quyidagi jadvalda keltirilgan:










Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin