1. Ta’lim menejmenti va maktab boshqaruvi
Umuman olganda, ta’lim boshkaruvi hamma ta’lim tizimidagi muassasalarni o‘z ichiga kamrab oladi, Ta’lim vazirligidan bashlab ta’lim sohasiga oid har bitta lavozimigacha. Shu borada eng muhim ta’lim boshqaruvining bosqichlari quyidagilar hisoblanadi
Ta’lim vazirligi;
Ta’lim vazirligiga qarashli boshqarmalar, bo‘limlar va ixtisoslashtirilgan muassasalari;
Hududiy (tuman, shahar, viloyat) ta’limi organlari, shu jumladan, maktab faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ (metodik ta’minlash, tashkil etish);
Maktab direktori;
Maktab direktori o‘rinboslari;
Ota-onalar ko‘mitasi;
O‘qituvchilar uyushmalari (metodik birlashma);
O‘qituvchilar.
Ta’lim tizimiga tegishli muhokama va qarorlar ta’lim tizimining xar bitta bosqichda muhokama qilinib qo‘llanilishi shart. Lekin har bitta qarorning bajarilishi maktab rahbariyatiga direktoriga bog‘lik. Bu mavzuning asosiy maqsadi ta’lim menejment va maktab boshqaruvining asosiy omillarni ko‘rib chiqish va ta’lim boshkaruviga oid muammolarni ko‘rib chiqish.
Boshqaruv jarayonida har birimiz u yoki bu darajada ko‘p martalab ishtirok etamiz.
G‘arbda, so‘nggi paytlarda esa, bizda ham korxona, firma, muassasa boshqaruvchilarini tez-tez «menejer» so‘zi bilan, ular faoliyatini esa menejment (fransuzcha «menajement» — xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish) so‘zi bilan atamokdalar. «Menejer» so‘zi aslida nimani anglatadi?
«Menejer» va «menejment» so‘zlari hozirgi talqinda korxona egalari o‘z mulklarini va odamlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra, shunday ish uchun maxsus tanlab olingan va o‘qitilgan professionallarni jalb qilish juda afzal ekanini tushunib yetganlaridagina paydo bo‘ldi. Menejer rivojlangan mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
«Menejer» va «menejment» tushunchalaridan ko‘ra, ta’lim tizimida «boshqaruv» tushunchasi keng qo‘llanilayotganligini inobatga olib, biz boshqarish haqida so‘z yuritamiz.
Menejment jarayoni strategik va taktik rejalar, ularni amalga oshirish boskichlari, vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Boshqaruv davrining izchil o‘zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda strategik va taktik rejalar, rahbarning xatti-xarakati boshqarish funksiyasini o‘zida namoyon etadi. Bu funksiyalar kuyidagilar:
- rejalashtirish;
- tashkil etish;
- motivlashtirish;
- nazorat.
Dostları ilə paylaş: |