2. Maktab rahbariyati.
Yevropa ta’lim muhitida ta’lim tizimiga rahbarlikning axamiyati tobora o‘sib borayotganini kuzatish mumkin. 2009 yilda Yevropa Kengashi quyidagi murojaatni qabul qildi:
“Maktabga samarali rahbarlik qilish – ta’lim berishning barcha jabhalarini va o‘qish muhitini shakllantirishda, o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchi hamda boshqa hodimlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda, shu bilan birga, yuqori natijalarga erishishda asosiy omildir. Shuning uchun, bugungi talablar maktab rahbarlaridan, ular duch keladigan muammolarni anglab yetish va ularni yechish uchun muayyan qobiliyat va sifatlarga ega bo‘lishlarini yoki o‘zlarida shularni rivojlantira olishlarini taqozo etadi. Maktab rahbarlari ma’muriy topshiriqlar bilan ortiqcha yuklanmasdan, ta’lim sifati, o‘quv dasturi, pedagogik masalalar va kadrlarning sifati va salohiyati, rag‘batlantirish va rivojlantirish kabi muhim ishlarga ko‘proq ahamiyat qaratishlari xam o‘ta jiddiy ahamiyatga egadir. (Yevropa Kengashi 2009, 8 bet).
2010 yil oktyabrida Yevropa Kommissiyasining Kiprda bergan hisobotida ta’lim ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilinib, quyidagi fikrlar bildirilgan: “Maktabga rahbarlikning yagona usuli yo‘qdir, lekin rahbarlik maqomidagi insonlardan talab qilinadigan asosiy bilim va malakalarni belgilab chiqish mumkin. Ularning ba’zilari mazmun bilan, ba’zilari esa madaniy jihatlarga tegishlidir, biroq umumiy holda, asosiy rahbarlik malakalari ma’lum bir tartibga solinmagan bo‘lsa ham, ta’lim siyosati asosiy e’tiborni maktabni samarali boshqaruviga qaratishi va ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashi kerak”. (Yevropa Kommissiyasining hisoboti, 2010 y., 5 bet).
Aniqlangan asosiy rahbarlik sifatlari quyidagilardir (Yevropa Kommissiyasining 2010 yil hisobotidan olingan). Ularning barchasi teng ravishda muhimdir.
Uzoqni ko‘ra olish, xodimlar va o‘quvchilarni ruhlantirish qobiliyati Strategik fikr yuritish, to‘laqonli tasavvur hosil qila olish qobiliyati Ta’lim berishni va o‘qish natijalarini yaxshilay olish qobiliyati
O‘qish muhiti va o‘qish madaniyatini takomillashtira olish qobiliyati Zaxiralardan samarali foydalana olish qobiliyati
Ta’lim tizimini puxta bilish
Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar, ochiqlilik
Muammolarni yecha olish qobiliyati
Yuqoridagi sifatlar ta’lim rahbarlarining quyidagi shaxsiy sifatlarini ko‘zda tutadi (Yevropa Kommissiyasining 2010 yil hisobotidan olingan):
Jasorat
Optimizm va moslashuvchanlik
Tolerantlilik (toqatli bo‘lish)
Emotsional madaniyat, o‘z-o‘zini idrok etish
Harakatchanlik
Intiluvchanlik (ambitsiya) va burchga sadoqat
Bilimga tashnalik
Yuqorida ko‘rganimizdek, maktab rahbarlik lavozimlaridagi xodimlar keng talablar doirasiga javob berishlari kerak. Maktab boshqaruvi o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi hamda vaziyatning murakkabligi ko‘pgina xolatlarda biznesda yoki boshqa tashkilotlarda rahbarlik lavozimida bo‘lishdan anchagina yuqoridir. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining (o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va ta’lim tizimining ma’muriy tuzilmalari) talablari ko‘pgina hollarda bir-biriga mos kelmasligi va faqatgina yuqori darajadagi muloqot qilish, muzokaralar olib borish va muomala ko‘nikmalari, muqimlik, egiluvchanlik xamda boshqa shaxslar guruxida norozilikka olib kelishi mumkin bo‘ladigan qarorlarni qat’iy qabul qila olish qobiliyatini xam talab qiladi. Boshqa sohalardagi rahbarlardan farqli o‘laroq, maktab rahbarlari o‘zlarining faoliyatida mablag‘, infratuzilma, tegishli kadrlar va boshqa resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan holda strategik yechimlarni qabul qilishga va shunday sharoitda kutilayotgan natijalarga erishishni talab qiluvchi holatga tushadilar. Natijada, boshqaruvda improvizatsiya (nostandart harakat qilish) maktab rahbarining muammolarni yechish xamda resurlarni izlash kabi ko‘plab vazifa va javobgarliklarining uzviy qismiga aylanmoqda.
Maktab rahbarini insonlar tomonidan qabul qilinishi va ular tomonidan tan olinishi, maktabning muhiti va muvaffaqiyati uchun o‘ta muhimdir. Maktab rahbarining yuqori malakasi maktabda yuksak darajadagi ta’lim muhitini shakllantirishda xamda salmoqli yutuqlarga erishishda ahamiyati o‘ta muhimdir.
2006 yildan 2008 yilgacha Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlantirish Tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkazilgan dunyo bo‘ylab maktab rahbarlik siyosatlari va amallarining tadqiqot natijasida shunday hulosaga kelindiki, ko‘pgina mamlakatlarda maktab rahbarlari ortiqcha vazifalar bilan yuklangandirlar, yetarli darajadagi yaxshi malakaga yoki tayyorgarlikka ega emaslar yoki nafaqa oldi yoshidadirlar. Tadqiqot shuni xam ko‘rsatdiki, kam sonli mutaxassislar maktab rahbarligini egallashga qaror qiladi (Pont va boshqalar. 2008, 2208a).2 Bu muammolarni yechish uchun OECD maktabda rahbarlik amaliyotini yaxshilash uchun to‘rtta strategik qatlamni belgiladi (Pont va boshqalar 2008 dan olingan):
Maktabga rahbarlikni qayta (boshqatdan) belgilash;
Maktabga rahbarlikni targ‘ibot qilish;
Maktabga samarali rahbarlik uchun talablar (standartlar) ishlab chiqish;
Maktabga rahbarlikni jozibador kasbga aylantirish.
Ushbu strategik qatlamlarining xar biri uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirish kerak:
Dostları ilə paylaş: |