Takomillashgan ta’lim muassasasiga o‘tishning strategiyasi va vazifalarini ishlab chiqish
Yangi ta’lim muassasasining istiqboli uning uzoq kelajagini belgilaydi, biroq faoliyat rejasi ishlab chiqilmaguncha g‘oya qachon ro‘yobga chiqishi mumkinligi noaniq qolaveradi.
Kelajakka o‘tish rejasini tuzishda o‘zgarayottan ta’lim muassasasi ayni paytda ishlab turishi lozimligiii ham hisobga olish kerak. Shu sababli mavjud ta’lim muassasasidan yangisiga o‘tishiing imkon qadar oqilona yo‘llarini izlash lozim. Bu vazifani hal qilishda yangi ta’lim muassasasi g‘oyasini to‘liq me’yorda, birdaniga ro‘yobga chiqarish mumkin emasligidan kelib chiqish darkor, shu bois qandaydir oraliq holatlar, bosqichlarni aniqlab olish zarur.
G‘oyani ro‘yobga chiqarishning har bir bosqichi uchun shu bosqichdagi xatti-harakatlar yo‘nalishi va vazifalarini belgilash kerak. Vazifalar dasturning har bir yo‘nalishi uchun ishlab chiqiladi. Vazifani aniq ifodalash, demak, dasturning ushbu bosqichdagi hatti-harakatning u yoki bu yo‘nalishini amalga oshirishdan kutilayotgan muayyan natijani ko‘rsatishdir.
Takomillashgan ta’lim muassasasini yaratishning birinchi bosqich maqsadlarini belgilash
Maqsad - bu vaqtning aniq belgilangan davrida ta’lim muassasasi real erishishi mumkin bo‘lgan, istalgan natijaning muayyan, sifatiy, ayrim hollarda esa, sipolik bilan mikdoriy tavsiflangan qiyofasidir.
Har qanday maqsad besh asosiy jihatga ega bo‘lishi kerak:
Mukammal mazmunga ega, ya’ni natijaning barcha tavsiflarining aniq-ravshanligi.
Nazoratlilik.
Vaqt(muhlat)ning belgilanganligi.
Reallik (imkoniyatga muvofiqligi).
Asoslanganlik.
Qo‘yilgan maqsad shu jihatlarga ega bo‘lishi uchun jiddiy analitik va oldindan prognozlash ishlari o‘tkazidishi kerak.
Maqsadni aniqlash — kutilayotgan natijaga xos bo‘ladigan tavsiflar berish bo‘lib, bu tavsiflarga ko‘ra, natijaga erishilganlik yoki erishilmaganlikni tekshirish mumkin bo‘lsin.
Ta’lim muassasasining rivojlanish dasturini ishlab chiqishda, strategiya belgilangandan so‘ng, istalgan kelajakka tomon harakatning birinchi bosqichi maqsadlari ifodalanishi kerak. Ular Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga mos kelishi kerak.
Istalgan natijalar prognoz qilingandan so‘ng ta’limning turli bosqichlarida kutilayotgan o‘zgarishlar qay darajada o‘zaro bog‘langanligi va maqsadlarga tuzatish kiritilishi zarurati bor-yo‘qligini aniklash zarur. Gap shundaki, har qanday innovatsiya, u nimaga tegishli bo‘lmasin (ta’lim va tarbiya mazmuni, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish, uslublar va hokazo), barcha sinflar va bosqichlarda kiritilmaydi. Bir yangilik 5-sinfdan kiritilsa, boshqasi 7-sinfdan kiritilishi mumkin va hokazo. Bunda joriy qilingan yangilik avvalgi bosqich sinflarida olingan ta’lim va tarbiya natijalari bilan tutashishi yoki tutashmasligi yuqori bosqichga yangi dastur bo‘yicha ta’lim olganlar va yangi dastur bo‘yicha ta’lim olmaganlar o‘tishining sifat jihatidan bir xil bo‘lishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida o‘ylab ko‘rish zarur. Muvofiqlashtirishning imkoni bo‘lmasa, maqsaddan voz kechish kerak va yangilikni ki
Dostları ilə paylaş: |