II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak maktab menejerlarini ta'lim menejmentiga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Fanning vazifasi – ta'lim menejmentining qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini aniqlash, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
“Ta’lim menejmenti” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
Pedagogik va boshqaruv tafakkurni shakllantirish negizini yaratish;
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha mintaqa va xorijdagi ilmiy-pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish;
Ta’lim jarayonini boshqarish qobiliyatini tarkib toptirish;
Ta’limda menejmentning ustuvor qonuniyatlari hamda tamoyillariga mos holda tegishli qarorlar qabul qilish;
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoyi, Abdulla Avloniy, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy va boshqa mutafakkirlarning ta’limiy-axloqiy, umumbashariy qadriyatlari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev asarlari va nutqlaridagi umuminsoniy va ma’naviy-axloqiy tamoyillarni, pedagogika va ta’lim jarayonini boshqarishga oid qarashlarni bilish;
Hozirgi zamon ta’lim jarayonini boshqarishga oid zamonaviy texnologiyalarini bilish hamda ularni amaliyotda qo‘llay olish
ta’limda innovatsion faoliyatning metodologik asoslari;
ta’limni boshqarish sohasidagi zamonaviy innovatsion jarayonlar;
o’quv-tarbiya sohasidagi zamonaviy innovatsion jarayonlar;
ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlar;
o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlar;
tarbiyaviy ishlarni rejalshtirishning nazariy asoslari va metodikasi;
tarbiyaviy faoliyat mazmuni;
o’quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil etish va o’tkazish texnologiyasi haqida bilimga ega bo‘lishi;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash;
– ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl, metod va vositalarini joriy etish;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni dasturiy-texnologik ta’minotini ishlab chiqish;
ta’lim muassasaida tadqiqotni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish;
test jarayonini o’tkazish va nazorat qilish;
asosiy tarbiyaviy funktsiyalarni amalga oshirish va tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash;
o’quvchi shaxsini rivojlantirishga imkon beruvchi tarbiyaning turli metod va vositalarini tanlash hamda foydalanish;
o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi monitoringini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– zamonaviy maktabda ta’lim-tar
Dostları ilə paylaş: |