O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Strategik rejalashtirish bosqichlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə45/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

4. Strategik rejalashtirish bosqichlari
Ko’pchilik ta‘lim muassasalari asosan yagona qabul qilingan rejalarga asosan ishlaydi. Ba‘zi rahbarlar shunchalik darajada «band» bo’ladilarki, ularni reja tuzishga vaqtlari yetmaydi. Boshqa bir rahbarlar esa, shu kunga qadar o’z faoliyatimizni rejalashtirmasdan turib ham ko’zlangan maqsadga erishayapmiz, reja tuzishni u qadar ahamiyati yo’q deb hisoblaydilar. Aniqrog’i, rejani yozma shaklda tayyorlashga vaqt sarflashni xohlamaydilar. Ularning so’zlari bo’yicha, mehnat bozoridagi vaziyat juda tezlik bilan o’zgaradi va rejalashtirishdan hech qanday naf yo’q, oxir oqibat reja javonda chang bosib yotadi, deb hisoblaydilar.
Aslida, rejalashtirish ta‘lim muassasasi asosiy faoliyatining yetakchi bo’g’ini hisoblanadi. Samarali rejalashtirish raqobotbardosh kadrlar tayyorlash va turli ta‘lim xizmatlari ko’rsatish orqali budjetdan tashqari daromad topish, shuningdek, bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga olib keladi.
Shuningdek, rejalashtirish bir qancha qulayliklarga ega:
1. Rejalashtirish rahbarlarni kelajakni ko’rgan holda aniq fikrlashga o’rgatadi.
2. Ta‘lim muassasasi tomonidan bajarilayotgan vazifalarni yanada aniq muvofiqlashtirishga olib keladi.
3. Keyingi nazorat uchun faoliyat ko’rsatkichlarini belgilashga imkon
4. Rejalashtirish ta‘lim muassasasini o’z vazifalari va siyosiy qarashlarini to’g’ri aniqlashga majbur qiladi.
5. Rejalashtirish ta‘lim muassasasini ko’zda tutilmagan o’zgarishlarga doimo tayyor turishga undaydi.
6. U barcha lavozimdagi shaxslarni majburiyatlarini o’zaro aloqasiniko’rgazmali namoyish etadi.
Rejalashtirish jarayoni har qanday boshqaruv modelining asosiy negizi hisoblanadi. Qolaversa, har qanday vaziyatda strategik reja kamida uchta tarkibni: faoliyatining boshlang’ich holatini, faoliyatining kutilayotgan (oxirgi) holatini va ushbu ikki holatni bog’lab turuvchi vositalarni qamrab oladi.
Strategik rejalashtirish - ta‘lim muasasasining strategiyasini shakllantirish jarayoni bo’lib, bu jarayon ta‘lim muassasasining asosiy ish faoliyati va mavjud holatning tahlili, ichki va tashqi omillardan tashkil topadi. Strategik rejalashtirish jarayonida asosan quyidagi savollarga javob beriladi:
1. Biz kimmiz? Qanday faoliyat bilan shug’ullanamiz?
2. Hozirgi paytda qaerda turibmiz? Faoliyatimiziing hozirgi holati qanday?
3. Kecha qaerda bo’lgan edik? Kecha bizning faoliyatimiz nimadan iborat
edi?
4. Ta‘lim muassasamizning kuchli va zaif tomonlari nimadan iborat? Qo’limizdan nima ish keladi-yu, nima ish kelmaydi?
5. Erishmoqchi bo’lgan maqsadlarimizga nimalar to’sqinlik qilayapti?
6. Faoliyatimizni rivojlantirishda qanday omillar ijobiy ta‘sir ko’rsatmokda?
7. Biz qaerga ketayapmiz? To’g’ri yo’ldan ketayapmizmi? Missiyamiz nima?
8. Biz o’z missiyamizni qanchalik yaxshi darajada bajarayapmiz? Bu missiyamizni undan ham yaxshiroq bajarishimiz uchun nimalar qilinmog’I zarur?
9. Yana nimalar qilishimiz mumkin? Qanday muqobil strategiyalar mavjud?
10. Bizning strategiyamiz qanday bo’lishi darkor?
11. Bizning strategiyamiz o’zgaruvchan muhitdagi o’zgarishlarga qanchalik bardosh bera oladi?
1-savolga javob ta‘lim muassasasining missiyasini shakllantirish jarayonida aniqlanadi.
2- va 3-savollarga javob, strategik muhitda o’z o’rnini aniqlab olish, ta‘lim muassasasining o’tgan davrdagi va hozirda egallab turgan o’rni bilan izohlanadi. SWOT tahlilini amalga oshirish 4-, 5- va 6- savollarga javob beradi.
Birinchi oltita savollarga javob olingach, 7-savolga ham javob olish mumkin, ya‘ni faoliyatimizning amaldagi rivojlanishi qaerga qaratilganligi va o’z maqsadlarimizni erishishda qanchalik oldinga o’tib olganligimizni aniqlashimiz mumkin. Bundan keyin esa qolgan savollarga mustaqil ravishda javob topish bosqichi amalga oshiriladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat deyishimiz mumkin:
- Ta‘lim muassasasining missiyasini shakllantirish
- Ta‘lim muassasasining tashqi muhiti tahlili (STER)
- Ta‘lim muassasasining kuchli va zaif tomonlari tahlili (SWOT)
- Strategik maqsadni aniqlash
- Muqobil strategiyalarni tanlash
- Strategiyani tanlash
- Strategiyani amalga oshirish
- Strategiyani baholash.

Ta’lim menejmentida – “missiya” tushunchasi ta’lim muassasasini nima uchun mavjudligini hamda uni boshqa muassasalardan farqini aniqlash va bilishni tasavvurini yaratish uchun zarur hisoblanadi. Missiya ta’lim muassasasiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki sub’ektlarni qiziqishini muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin