O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha xorijiy tajribalar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə59/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha xorijiy tajribalar
Hozirgi paytda barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda sifatni yalpi boshqarish (Total Quality Management, TQM) falsafasi va metodologiyasi hakllangan bo‘lib, u barcha xizmat sohalariga va ta’lim sohasiga kirib bormoqda. Ushbu tuzilmalar sifat tizimi bilan integrallashgan va tashkiliy, o‘quv- metodik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini ta’minlovchi korporativ boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur tizimning asosiy maqsadlari quyidagilar:

– qog‘ozdagi hujjatlar bilan ishlashni kamaytirish, amallarni bajarishni tezlashtirish xatolar miqdorini kamaytirish hisobiga ta’lim muassasasining barcha bo‘g‘inlarini boshqarish samarasini oshirish;


–ta’lim muassasalarining barcha turdagi resurslarini, jumladan moliyaviy, moddiy va intellektual monitoringi va ichki auditini o‘tkazilishini ta’minlash;
–ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilishning mezonlari, vositalari va tizimini ishlab chiqish;
–ta’lim muassasalarini sifat mezonlariga asoslangan boshqaruvini mavjud tashkiliy strukturasi va boshqaruvning ayni paytda shakllangan tuzilmalarini hisobga olganda amalga oshirish;
– o‘quv jarayonini rejalashtirishning samaradorligini oshirish (o‘quv rejalar, jadvallar, o‘qituvchilarning shaxsiy rejalarini, o‘quv laboratoriyalarning va boshq.);
– o‘quv rejalarni bajaralishini samarali boshqaruvini oshirishi (har bir o‘quvchi tomonidan ta’lim dasturlarini o‘zlashtirilishi natijalarini individual hisobga olish, natijalarning statistik tahlili va boshq.);
– Internet texnologiyalari asosida ta’lim sifatini boshqarish maqsadlari uchun informatsion resurslarning taqsimlangan tizimlarini ishlab chiqish.
Mazkur boshqarma faoliyati asosan quyidagilarga qaratilgan
• ta’lim xizmatlari, ilmiy ishlar va mutaxassislar tayyorlash sifatini ta’minlash mexanizmlarini samarali ishlashini va takomillashtirib borilishini muvofiqlashtirish;
• ta’lim sifatini ta’minlashning me’yoriy hujjatlar, metodik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish;
• sifat ko‘rsatkichlari va ularni ta’minlovchi omillari monitoringi;
• o‘quvchilar, bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida ta’lim sifatini ta’minlash masalalari bo‘yicha so‘rovnomalar tashkil etish;
• monitoring va so‘rovnomalar natijalari tahlili. Ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Qabul qilingan qarorlarning ijrosi tahlili va ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar berish;
• ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha boshqa ta’lim muassaslarining tajribalarini o‘rganish va ularni tatbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
• ta’lim sifatini ta’minlash masalalari bo‘yicha yuqori organlar bilan o‘zaro aloqani ta’minlash;
• ta’lim dasturlarining ta’lim standartlariga muvofiqligini tahlil qilish va boshqalar kiradi Ayrim mamlakatlarda ta’lim sifatini boshqarishda ta’lim sifati laboratoriyalari (TSL)dan ham foydalaniladi. Ushbu tuzilmaning vazifasi ta’lim sifati bilan maqsadli va tizimli ishlashdir.
TSL ta’lim muassasasidagi va mintaqaviy ta’lim tizimidagi barcha ta’lim bo‘g‘inlari va faoliyatlarni ta’lim samaradorligiga erishish, nomoddiy imkoniyatlar(professionalizm, motivatsiya, intellektual mulk, bilimlar va b.)ni rivojlantirish uchun refleksiv integratsiya funksiyasini bajaradi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin