O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə63/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Maktabda monitoring turlari:
- kundalik, o‘quvchilarning kundalik davomati, o‘qituvchilar davomati va shu kabilar (buni muntazam yoki uzluksiz monitoring deb ham ataladi);
- haftalik, bir hafta davomidagi vazifalarning bajarilishi;
-oylik, bir oy davomidagi vazifalarning bajarilishi;
- choraklik, rejalar va topshiriqlarning chorak davomida bajarilishi;
- yillik, yil davomidagi vazifalarning bajarilishi;
-yakuniy, har bir vazifaning yakunida, yil yakunida o‘tkaziladigan monitoring;
-ichki, ta’lim muassasasi xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan monitoring;
-tashqi, yuqori tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan monitoring;
- bosqichli monitoring, vazifaning davomiyligi asosida belgilangan muddatning turli oralik davrlarida hamda yakunida o‘tkaziladigan monitoring.
Maktabda monitoring yo‘nalishlari.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni monitoringi xolisligini ta’minlash” yo‘nalishlari:
I. Me’yoriy hujjatlar ijrosi monitoringi.
II. O‘quv jarayoni monitoringi.
III. Tarbiyaviy jarayon monitoringi.
IV. Metodik ishlar monitoringi.
V. Innovatsiya jarayoni monitoringi.
VI. Zarur sharoitlarning ta’minlanganligi monitoringi.
VII. Maktab jamoasidagi psixologik holat monitoringi.


I. Me’yoriy hujjatlar ijrosi monitoringi.
1. Ish yuritish monitoringi (kelgan va chiqarilgan hujjatlar, tegishli idoralar, xodimlar, o‘quvchilar, boshqa shaxslar bo‘yicha hujjatlar).
2. Ijro intizomi monitoringi (reglament ijrosi, farmon, farmoyish, qaror, buyruqlar ijrosi).
3. Hisob hujjatlari yuritilishi monitoringi (o‘quvchilar harakat daftari, pedagoglarga doir va boshqa buyruqlar daftarlari, maktab mulkini hisobga olish hujjatlari).
4. Hisobot hujjatlari monitoringi (joriy, oralik, yakuniy hisobotlar).
5. Qat’iy nazoratdagi hujjatlar bilan ishlash monitoringi (tegishli yo‘riqnomalarga muvofiq).
6. O‘quv-metodik hujjatlarning yuritilishi monitoringi.
7. Ish rejalarining bajarilishi monitoringi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin