Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org
Maktab direktori quyidagi boshqaruv usullarini yaxshi bilishi va amalda qo‘llay olishi: - tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usuli (maqsadli buyruq berish, talab qilish, ko‘rsatma berish, farmoyishlar chiqarish va hokazolar);
- moliya-iqtisodiy boshqaruv usuli (iqtisodiy, moliyaviy masalalarni nazorat qilish);
- psixologik-pedagogik ta’sir o‘tkazish usuli;
- boshqaruvda rag‘batlantirish usuli;
- boshqaruv va nazoratda butun jamoani jalb etish usuli.
Bunda maktabning hamma sohalardagi ishini chuqur tahlil qilishda demokratiyaga asoslangan holda kamchiliklarni ochiq, prinsipial, o‘z-o‘zini tanqid qilish tamoyiliga amal qilinishi kerak.
Maktabning ichki nazorati - bu maktab jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishni har tomonlama chuqur o‘rganish va tahlil qilish, kamchilik-larni o‘z vaqtida tuzatishdan iboratdir.
Maktabda ichki nazoratni amalga oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
nazorat maqsadini bilish;
nazorat mavzusini tanlash;
monitoring dasturini tuzish (savollar to‘plash, nazorat topshiriqlari, testlar);
nazorat shakllari va usullarini tanlash;
ishlarning haqiqiy ahvolini tekshirishni tashkil etish;
nazorat natijalariga asosan maktabning buyrug‘ini, qarorini chiqarish;
jamoada nazorat natijalarining pedagogik-monitoring tahlilini o‘tkazish;
ayrim fanlarni o‘qitish ahvolini o‘rganayotganda uslubiy ishlar, moddiy baza, sust o‘zlashtirayotgan va iqtidorli bolalar bilan ishlash ahvolini o‘rganish kerak;
maktabda ichki nazoratni to‘g‘ri tashkil etish uchun direktor o‘rinbosarlariga yuklatilgan ishlarning bajarilishi haqidagi axborotni olib turishi, tekshiruv natijalarining pedagogik-monitoring tahlilini o‘tkazishi, xulosalar chiqarishi shart;
har bir maktab direktori aniq maqsadga qara-tilgan nazoratni amalga oshirishda metodbirlash-malarga, ilg‘or o‘qituvchilarga va maktabdagi jamoat tashkilotlariga tayanishi kerak.