9-MAVZU: “ZAMONAVIY MAKTAB” FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Darsning maqsadi
―Zamonaviy maktab‖ faoliyatini tashkil qilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Kutiladigan natija
―Zamonaviy maktab‖ faoliyatini tashkil qilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda tadbiq etiladi.
Reja:
Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasi to’g’risida tushuncha
Prezident maktablari‖ to’g’risida tushuncha
Zamonaviy maktab‖ konsepsiyani joriy etish: muommalar va yechimlar
Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasini joriy etish bo’yicha berilgan mezonlar asosida maktab holatini baholash va rivojlantirish dasturini tuzish.
Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasi to’g’risida tushuncha
2018 yilning iyun-dekabr oylarida davlat rahbari mamlakatimizda xalq ta‘limini isloh etish va ta‘lim sifatini oshirishga bag’ishlangan ikki yig’ilish o’tkazildi. Shu davr davomida sohani rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan bir necha Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi.
Hujjatlarda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligiga ta‘lim sifatini oshirish, o’qituvchi maqomini oshirish, zamonaviy kadrlar bilan ta‘minlash siyosati, vazirlikning mavqeyini kuchaytirish, xodimlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, AKTni keng joriy etish, xalqaro tajribani joriy etish va davlat-xususiy sherikchilik rivojlantirish kabi vazifalar qo’yildi.
Muhtaram Prezidentmiz va Moliya vazirligi ko’magida xalq ta‘limi tizimiga davlat budjetdan mablag’ ajratish oshib bormoqda. 2018 yilda sohaga davlat budjetdan 12,1 trln. so’m ajratilgan bo’lsa, 2019 yilda tizim 17,1 trln. so’m ajratish ko’zda tutilgan. Bu mablag’larning 90% soha xodimlarining oylik maoshlariga yo’naltiriladi. ―Zamonaviy maktab‖ dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 5sentabrdagi PF– 5538-son «Xalq ta‘limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mazkur Dastur asosida 2019 yilning 1 iyuniga qadar xalqaro tajriba asosida, ilg’or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini joriy etishni hisobga olgan holda zamonaviy umumta‘lim muassasalarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, umumta‘lim muassasalarini zarur mebellar, zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o’quv- uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash bo’yicha yangi normativlar tasdiqlanadi. O’quv muassasalarini 2020-2025 yillar uchun zamonaviy maktablarning namunaviy loyihalari asosida qurishning asosiy parametrlari ishlab chiqildi. 39 690 nafar o’quvchi o’rniga ega bo’lgan 126 ta maktabni bunyod etish, shuningdek, 704 ta maktabni rekonstruksiya qilish mo’ljallanmoqda. Umumta‘lim muassasalarining «Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari bo’yicha yangicha qurilishi Xalq ta‘limini rivojlantirish jamg’armasi, shuningdek, jalb etiladigan xorijiy grantlar va qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi.
«Zamonaviy maktab» darajalariga muvofiqlik sertifikatini berish uchun umumta‘lim muassasalari faoliyatini baholashning mezonlarini tasdiqlash taklif etilayotir. Sertifikatlash tizimining ishchi organi sifatida «Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiyalar» DUKni belgilash taklif qilinmoqda.
«Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari bo’yicha qayta tashkil etiladigan umumta‘lim muassasalarining 2030 yilgacha bo’lgan maqsadli ko’rsatkichlari keltiriladi. Masalan, 2024 yilga borib bunday maktablar soni 828 tani tashkil etadi, 2030 yilda esa bu kabi o’quv muassasalari 4860 taga yetadi yoki umumiy miqdorning 50% ini tashkil etadi. 2020 yilning 1 avgustiga qadar ilg’or xalqaro tajribani hisobga olgan holda «Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari bo’yicha ro’yobga chiqariladigan umumta‘lim muassasalari uchun quyidagilar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
o’qitishning maxsus ta‘lim standart va dasturlari;
o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha alohida talablar;
moslashtirilgan o’quv adabiyotlarining ro’yxati;
tegishli darajani aniqlash maqsadida umumta‘lim muassasalarini baholashning tartibi;
pedagogik kadrlar, shuningdek o’quvchilarni tanlash, baholash va attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha tartib.
Zamonaviy maktab» sertifikati darajasini olgan umumta‘lim muassasalarining xodimlari ish haqiga qo’shimcha to’lovlar to’lash rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, umumta‘lim muassasalari ob‘ektlarining moddiy va jismoniy holatini real vaqt rejimida monitoring qila oladigan axborot tizimi yaratiladi, unda umumta‘lim muassasalarining darajasi mintaqalar kesimida aks ettirilgan bo’ladi.
―Prezident maktablari‖ to’g’risida tushuncha
2019 yil 20 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Prezident maktablarini tashkil etish to’g’risida‖gi Qarorni imzoladi.
Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta‘lim jarayoniga ilg’or texnologiyalarni qo’llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o’qitish, rag’batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo’llab- quvvatlash, shuningdek, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish, yetakchilik ko’nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash kabi ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Prezident maktablari Qoraqalpog’iston Respublikasida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari shaklida tashkil etiladi. Ta‘kidlanishicha, 2019 yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o’zida Toshkent va Nukus shaharlarida hamda Xorazm viloyatida bo’ladi. O’z navbatida, 2020 yilda Buxoro, Jizzah Qashqadaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlarida, shuningdek, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta‘lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o’tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o’quvchidan iborat bo’lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o’quvchi taqsimlanadi. Birinchi o’quv yilida esa 5-10-sinflarining har bir maktab 144 nafardan o’quvchi o’qishga qabul qiladi. O’quv jarayoni esa xorijiy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o’quv rejalari va dasturlari bo’yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va «STEAM - ta‘lim» (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san‘at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi. Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta‘lim olish o’quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni o’rganish darajasini inobatga olgan holda individual o’quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur
diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo’ladilar, bu esa o’z navbatida xorijiy oliy o’quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
1 -mashq: ―Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasi-Sizning fikringiz? Bu tushuncha o’z ichiga nimalarni qamrab olishlari kerak?
«FSMU» metodi
―Zamonaviy maktab‖ tushunchasi nimani bildiradi?
―Zamonaviy maktab‖ konsepsiyasi bo’yicha tushunchangiz.
―Zamonaviy maktab‖ va elektron platforma.
―Zamonaviy maktab‖ga qo’yilgan talablar qanday?
“Zamonaviy maktab” konsepsiyasini ishlab chiqish
Dostları ilə paylaş: |