Budjetdan tashqari mablag‘ topish tartibi va uni takomillashtirish istiqboli.
Ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada boyitish ta’lim samaradorligini uzluksiz ta’minlash maqsadida maxsus ta’lim muassasalariga budjetdan tashqari mablag‘lar topish imkoniyatlari berilgan.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalari, jumladan Ta’lim muassasalari ham ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqlidir – deya talqin qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq Ta’lim muassasalari budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi tushum manbalari va uni sarflash yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Ta’lim muassasalarining vaqtincha bo‘sh turgan mulkini shartnoma asosida ijaraga berishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi 102-sonli Nizomga asosan tartibga solindi.
Budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berish mumkinligi belgilangan. Ta’lim muassasalarining vaqtincha foydalanilmayotgan binolari, inshootlari yoki ularning qismlari, asbob-uskunalari, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulki ijaraga berilishi mumkin.
Ta’lim muassasalari balansida bo‘lgan mulkni uch tomonlama tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq beradilar. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 oktabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etildi: xalq ta’limi muassasalarining ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin — xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi; umumta’lim muassasasi rahbariga xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini erkin tasarruf etish, shu jumladan jamg‘arma daromadlarining jami summasidan 10 foizini o‘z moddiy rag‘batlantirishi uchun yo‘naltirish huquqini taqdim qilgan holda xalq ta’limi muassasalari uchun jamg‘arma mablag‘laridan ustuvor ravishda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.