O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Kraudfanding-xalq tomonidan moliyalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə119/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Kraudfanding-xalq tomonidan moliyalashtirish.

Kraudfanding (ingl. crowdfunding) so‘zi “xalq tomonidan moliyalashtirish” ma’nosini bildiradi va bu so‘z 2006 yilda paydo bo‘lgan. “Wired” jurnali muharriri Jeff Xau maqolalaridan birida internet foydalanuvchilari orasidagi ko‘ngilli pul beruvchilarni nazarda tutib kraudfanding so‘zini qo‘llagandi.


Bu termin yaqinda paydo bo‘lganiga qaramasdan, aslida, bu usul qadimdan qo‘llanib kelinadi. Masalan, Moskvada Minin va Pojarskiy haykalini o‘rnatish g‘oyasini imperator Aleksandr I dastlab qo‘llab-quvvatlamagan. U bu ish uchun yetarlicha mablag‘ to‘planmaydi degan fikrda bo‘lgan. Ammo xalq tashabbusi bilan butun mamlakatda haykalni o‘rnatish uchun pul yig‘ish boshlangan va pul berganlarning ism-shariflari gazetalarda e’lon qilib borilgan. Shu tarzda yig‘ilgan pul evaziga tayyorlangan haykal 1818 yilda ochilgan.

Краудфандинг - халқ томонидан молиялаш
AQShga Fransiya tomonidan tuhfa etilgan va 1886 yilda ochilgan Ozodlik haykali ham ommaviy pul yig‘ish yo‘li bilan tayyorlangan. Fransiyada turli tadbir va lotereyalar o‘tkazilgan, Jozef Pulitser o‘zining World gazetasida xayriya qilish chaqirig‘i bilan chiqqan, AQShda teatr tomoshalari, auksionlar, badiiy ko‘rgazmalar tashkil qilingan.

O‘zbek xalqi ham kraudfanding so‘zi bilan tanishganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, xayr-ehson masalasida azal-azaldan hech bir xalqdan qolishmaydi. Respublika hududida hashar va xayriya yo‘li bilan ko‘plab bino, inshoot, yo‘l va kanallar, muhtojlar uchun uylar bunyod etilgan. Masjid va qabristonlarda o‘rnatilgan xayr-ehson qutilarini, bemorlarning davolanishi uchun turli saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar tomonidan mablag‘ yig‘ilishini ham kraudfandingning milliy ko‘rinishi deb aytish mumkin.


2018 yil 29 sentabr kuni O‘zbekistonda ilk bor «Kraudfanding» (xalq tomonidan moliyalash) birinchi platformasi Mfond.uz ishga tushirildi.
Platforma ta’lim muassasalari rahbarlari uchun o‘quv muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun homiylik mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan bir vosita hisoblanib, jalb qilingan mablag‘larni ishlatishda ochiqlik va hisobotliligini ta’minlab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan xayriya jamg‘armasi ta’lim muassasalarilarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha pul to‘plash hamda nogiron va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun sarflanadi. Shuningdaek, laboratoriyalar, aqlli sinflar va boshqa loyihalar yaratish, jihozlash, ta’lim muassasalari infratuzilmasi, qolaversa, o‘quvchi va o‘qituvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirish hamda uni rivojlantirish uchun jamg‘arma hisobidan mablag‘lar yo‘naltiriladi.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin