7. Ta’lim olishda ta’lim oluvchining ijobiy, hayotiy tajribasidan foydalanish. Ta’lim olish bazasi va yangi bilimlarni shakllantiruvchi manbaa sifatida ta’lim oluvchining amaliy bilim va ko‘nikmalari, ijtimoiy – kasbiy tajribasi hisobga olinadi. Ushbu tamoyil ta’lim oluvchilarining ijodiy ishlarini rag‘batlantiruvchi ta’lim olishning faol usullariga asoslangan.
8. Yangi tajribani o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxsiy ko‘nikmalar va eskirgan tajribani to‘g‘rilash.Bundan aniq pedagogik faoliyat tomonidan pedogogga qo‘yilgan talablar, vaqtga nisbatan qo‘yilgan talablar bilan qarama – qarshi turuvchi ham kasbiy, ham ijtimoiy tajriba sifatida foydalanish mumkin.
9. Ta’lim oluvchining amaliy faoliyatidagi ta’lim natijalarining talab qilinuvchanligi. Avvalambor, bu ta’lim oluvchining kasbiy faoliyati davomida olgan bilim va ko‘nikmalarining talab etilishidir. Ushbu tamoyillardan kelib chiqqan holda, ta’lim jarayonini tashkil etish va rejalashtirishdan avval ta’lim oluvchining kasbiy faoliyatini tadqiq va tahlil etish talab etiladi, bu esa o‘z o‘rnida ta’lim jarayonining maqsad va vazifalarini shakllantirishga imkon yaratadi.
10. Ta’limning tizimiyligi.Ta’lim maqsad va mazmuni, uning shakli, uslubi, o‘qitish vositasi, va natijalarini baholash bilan muvofiqligidir. Tizimiylikni ham ta’lim uzluksizligi yoki ta’lim izchilligi sifatida, yani avvalgi olingan bilim natijalari va ta’limga bo‘lgan yangi extiyojlarni hisobga olish deb tushunish mumkin.
11. Ta’lim oluvchining rivojlanishi.Ta’lim kasbiy – shaxsiy rivojlanishga, o‘z bilimini oshirish qobiliyatini yaratishga, amaliy faoliyat jarayonida yangiliklarga ega bo‘lib borishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
Shunday tariqa, katta yoshdagi insonlarga ta’lim berishning asosiy nazariy va amaliy vazifasi e’tirof etilgan didaktik usuldan farqli ravishda ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi emas, balki ta’lim oluvchining yetakchi rol o‘ynashi muhimligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Bunday holllarda, ta’lim oluvchining vazifasi uning shaxsiy tajribasini aniqlash, tizimlashtirish, shakllantirishga, uning bilim va ko‘nikmalarini to‘ldirish va to‘g‘rilashda yordam berish muhim hisoblanadi.
Bunda pedagog kadrlar malakasini oshirishning tadqiqiy masalalarini hal etishning uslubiy ko‘rsatmalari katta yoshdagi insonlarning ta’lim jarayoniga “maktab” didaktikasi vaziyatini to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydigan o‘rta va yuqori ta’lim uslubiyoti o‘rtasida prinsipial farqqa egaligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimi pedagogika oliy o‘quv yurtlari o‘z oldiga qo‘ygan vazifalardan farqli ravishda prinsipial boshqa vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan. Agar oliy o‘quv yurti istiqboldagi pedagogni muayyan ehtimol darajada aniq pedagogik amaliyotda tatbiq etiluvchi bazaviy tayyorgarligini ta’minlab berishi zarur bo‘lsa, malaka oshirayotgan tinglovchi o‘zini pedagog sifatida namoyon etgan bo‘ladi va bunda malaka oshirish tizimining vazifasi pedagogning ahborotlashtirish sharoitlaridagi samarali kasbiy – pedagogik faoliyatga tayyorligini qullab – quvvatlashdan iborat bo‘ladi.
Uzoq vaqt pedagogik faoliyatni o‘rgangan mashhur olim I.P.Rachenko pedagog malakasini oshirish shart – sharoiti quyidagilarga: aniq muammoni yechishga yetarli darajada minimal tayyorgarlikni ko‘zda tutuvchi shaxsiy tartiblilik, pedagogning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari, uning takomillashishga tayyorgarligini shakllantirish; ta’lim jarayonida ishtirok etuvchini ushbu jarayonga tayyorlashda malaka oshirishning jamoaviy shaklini tashkil etish, manbaaviy bazaga bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tadi.
Pedagogning malaka oshirishda qanday aniq bazaviy manbaalarni tanlab olishi va kelajakda ta’lim muammolarini hal etishda o‘z yo‘lini tanlab olish masalasi muhim hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish quyidagi konseptual vazifalar asosida amalga oshirilishi zarur.
pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimi uzluksiz ta’lim yagona tizimining bir bo‘lagi sifatida uzluksizlik tamoyillariga asoslangan bo‘lishi;
pedagog kadrlar malakasini oshirishning didaktik usuli asosida katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish nazariyasi va amaliyotining tashkiliy – pedagogik tamoyillari yotishi kerak;
malaka oshirish tizimi oldida turgan vazifalarning majmuaviyligi va keng qamrovliligi pedagog kadrlar malakasinin oshirishni o‘rganishda jahon tajribasini hisobga olishni talab etadi.