O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə132/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Birgalikdagi faoliyat tamoyili. Bu tamoyil ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonini tashkil qilishning barcha bosqichlarida o‘qituvchi hamda o‘z hamkasblari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.


  • Ta’lim oluvchilarning tajribasiga tayanish tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra ta’lim oluvchilarning hayotiy (maishiy, ijtimoiy, kasbiy) tajribasidan ta’lim oluvchining o‘zi yoki uning hamkasblarining bilim manba’si sifatida foydalaniladi16. Bu tamoyil ta’lim oluvchilarning ijodiy ishlarini rag‘batlantiruvchi faol metodlarga asoslangan. Diqqatni mustaqil ishlarga – (oldindan berilgan namuna bo‘yicha) referat turidagi ishlarni, loyihalarni yozishga qaratish lozim.


  • Ta’limni individuallashtirish. Bu tamoyilga ko‘ra har bir ta’lim oluvchi boshqa ta’lim oluvchilar bilan birgalikda muayyan ta’limiy ehtiyojlarga va ta’lim maqsadlariga yo‘naltirilgan hamda ta’lim oluvchilarning tajribasi, tayyorgarlik darajasi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga oluvchi individual ta’lim dasturini yaratadi. Individual yondashuv asosida ta’lim oluvchi shaxsining bahosi, uning kasbiy faoliyati, ijtimoiy statusi va jamoadagi o‘zaro munosabatlarining tasnifi yotadi.


  • Yangi bilimlarni o‘zlashtirishga to‘siq bo‘ladigan eskirgan tajribalar va shaxsiy ko‘nimalarni tuzatish tamoyili. Bu yerda davr talablari bilan, korporativ maqsadlar bilan ziddiyatga kirishadigan kasbiy va ijtimoiy tajribalar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, yuqori malakali mutaxassis o‘zining shaxsiy xotirjamligi uchun soya soluvchi deb bilgan individual ishga, shaxsiy bilimlarini yashirishga, kelajagi porloq yangi ishchilarni ko‘ra olmaslikka o‘zini sozlashi mumkin. Bunday hollarda u bilan suhbatlar o‘tkazish, o‘rgangan odatlarining asossizligini isbotlash, unda yangi nuqtai nazarni shakllantirish, yangi istiqbollarni ochib berish va b.sh.q., ya’ni tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish lozimdir.


  • O‘qitishning tizimliligi. Maqsadlar, mazmun, shakllar, metodlar, o‘qitish vositalari va o‘qitish natijalarini baholashning bir-biriga mosligiga rioya qilish.



  • Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin