O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə144/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Qiyomat kuni effekti va o‘z-o‘zini jazolash ta’sirini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
  • imtihonlarni o‘tkazishdan oldin ayollarga natijalar qanday baholanishi va ular nimaga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida tushuncha berish, lekin “kim-kimligini ko‘ramiz” tarzidagi so‘zlarni hech qachon ishlatmaslik, muhitni taranglashtirmaslik;


  • o‘qitish va baholash jarayonida shaxsiy sifatlar (aqlli, chaqqon, faol, miyali va h.k.z.) ga emas, balki malaka, ko‘nikma, bilim, vazifa, operatsiya, harakat, yechim kabi boshqa so‘zlarga diqqatni qaratish, ya’ni odamlarni harakatlardan ajratmaslik;


  • xatolarni shaxssiz shaklda ko‘rsatish, masalan, “Siz xato qilibsiz” emas, “bu yerda xato ketibdi” tarzida;


  • natijalardan xafa bo‘lganlarni albatta hammasini to‘g‘rilash mumkin degan holda boshqa belgilar orqali maqtash, xushomad qilish, ko‘nglini ko‘tarish;


  • albatta real yutuqlar uchun maqtovni ayamaslik. Bunda, ayollarni bir birlari bilan solishtirish nojoiz, uning bugungi natijalarini kechagisi bilan solishtirish yanada samaraliroqdir.


Ayollarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv rejasini ishlab chiqayotganda esda tutish lozimki, ayollar o‘zlarining shaxsiy vaqtlaridan, hatto bu vaqt ularning shaxsiy kasbiy rivojlanishlari uchun sarflansa ham juda og‘riq bilan ajraladilar. Lekin, ayollarning bunday o‘qitishdan keladigan foydasini ochiqroq qilinsa, o‘quv jarayonini yoqimli odatlar bilan boyitilsa yoki uni ayollar uchun qiziq bo‘lgan tadbirlar bilan qo‘shib olib borilsa, ularning o‘qishga munosabatini anchagina yaxshilash mumkin.


Ayollar ta’limi tizimida o‘qituvchi-andragoglarning roli ko‘p jihatdan tinglovchi-ayollar xulqining modelini shakllantirishga yordam beradi. O‘z jinslari vakillari bilan ishlaydigan ayol o‘qituvchilar, ular uchun o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari va kasbiy imijlaridan tortib fikrlash, harakat, muomala maqomigacha namuna bo‘lishlari mumkin. Ayol auditoriyasi sharoitlarida erkak rag‘batlantiruvchi rolni o‘ynaydi, sermahsul gender hamkorligining ijtimoiy variantlarini namoyish qiladi.
Ayollarning xulqi, yuqori hissiyotlilik, sezgirlik, shaxslararo munosabatlarning yuqori ahamiyatliligi, “ayol mantiqi” va b.sh.q. bir qator maxsus ayollik effektlari bilan tavsiflanadi. Bu xususiyatlarni va yuqorida ko‘rsatilgan effektlarni hisobga olish, o‘qitish dasturini tayyorlashda ayollar tomonidan yangi materialni o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada ko‘tarishga yordam beradi.21
Ayollarning ham, erkaklarning ham guruhlarida qaytar aloqa hamkorlik, o‘zaro xurmat, baholashsiz yondashuv tamoyiliga tayanishi lozim.
O‘qituvchi-andragoglarning tipik xatolari quyidagilar:
  • trenerning maqsadlari va o‘qitish vazifalarini unutish;


  • o‘qitishning barcha ishtirokchilariga yoqishga harakat qilish;


  • inoqlikni namoyish qilish;


  • “Barcha narsani biluvchi” rolidan harakat qilish;


  • ishtirokchining ishchan xulqining tahlili o‘rniga uning shaxsini baholash.



Ayollar guruhida o‘quv jarayoni samaradorligini oshiruvchi mezonlar:
  • o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish va uning detallariga diqqat qilish;


  • motivlashtirish, maqsadlarni va ishtirokchilardan kutilayotgan natijalarni mufassal tushuntirish;


  • guruhni, trening guruhining optimal tarkibini to‘g‘ri shakllantirish;


  • komfortli toza xonalar;


  • qulay mebel;


  • o‘rnatilgan vaqtga rioya qilish.





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin