7-MAVZU: PEDAGOG KADRLAR EHTIYOJINI ANIQLASH VA METODIK YORDAM KO‘RSATISH YO‘LLARI
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev eng asosiy maksad - inson manfaatlarini xar tomonlama ta’minlash masalasiga dolzarb vazifa sifatida karab, «Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, xalk bilan mulokot kilish, ularning dardu tashvishlari, orzu niyatlari, xayotiy muammo va extiyojlarini yaxshi bilish kerak» - deb ta’kidlaydi.
Bu ta’kidlar extiyoj tushunchasining xar kanday ijtimoiy-iktisodiy soxalarda ulkan salmogi mavjudligini yana bir bor kursatib, xar bir faoliyatimizda extiyoj masalasi doimiy dikkat markazimizda bulishi zarurligini belgilab beradi.
Manbalarda extiyoj organizm yoki tizimning xolatidan kelib chikadigan borlikdagi narsa-xodisalarga bulgan munosabat, shaxsning me’yoriy xayotiy faoliyat yuritishi uchun tegishli talablarning kondirilmaganligi tufayli mazkur salbiy xissiyotni bartaraf etishga yunaltirilgan ruxiy-pedagogik xolat sifatida izoxlanadi.
Ta’lim extiyojlari - bilim, kunikma, malakalarni egallash va bashorat kilingan kompetentlilik modelida kuzda tutilgan sifatga erishishda ta’lim oluvchilarning muxim xayotiy muammolarini xal etishga karatilgan extiyoj bulib, u ta’limni xarakatga keltiruvchi asosiy kuchni ifodalaydi. Zero, extiyojlar u yoki bu faoliyatning sabablarini vujudga keltiradi. Uzining extiyojlarini kondirish uchun kishi vosita va manbalar kidiradi
I.Molchanovning fikriga kura, ta’lim extiyojlarini shakllantirishda integratsiyalash, maxalliylashtirish va globallashtirish kabi asosiy tendensiyalarini xisobga olish, ayniksa muxim bulib, ularni ta’lim tizimi boshkaruvini ishlab chikish va mukammallashtirishga yunaltirish zarur
Shundan kelib chikib, malaka oshirishdagi ta’lim extiyojlarini ikkita yunalishga ajratish mumkin: 1) globallashtirish tendensiyalariga karatilgan ta’limning ijtimoiy extiyojlari; 2) integratsiyalash va maxalliylashtirishga mos xolda pedagogning kasbiy extiyojlari.
Ta’limning ijtimoiy extiyojlari - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyatning ta’lim oldiga kuygan talablarini tavsiflaydi. Ta’limning ijtimoiy extiyojlari mamlakatni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish istikbollari, jamiyat va zamonaviy ta’lim strategiyalari, ta’lim sifati me’yorlari, ijtimoiy-iktisodiy soxaning asosiy yunalishlari, ilmiy va amaliy natijalar, yangi pedagogik texnologiyalarni va ukitishning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, ta’lim soxasidagi jaxon yutuklari va an’analari, yangiliklarini uz ichiga oladi.
Ta’limning ijtimoiy extiyojlari tarkibi va mazmunidan kelib chikib uni ikki xil turda ifodalash mumkin: tayanch va adaptiv ta’lim extiyojlari. «Barcha uchun ta’lim tugrisida»gi Butunjaxon deklaratsiyasida tayanch ta’lim extiyojlari insonlarning yashashi, uzining barcha kobiliyatlarini rivojlantirishi, inson kadr-kimmatini saklash sharoitida ishlashi, uz xayoti sifatini oshirishi, xar tomonlama karor kabul kilish va ta’limni davom ettirishi uchun zarur bulgan bilimlar xajmini va ta’limning asosiy mazmunini kamrab olishi ta’kidlanadi. Demak, malaka oshirishda tayanch (majburiy) ta’lim extiyojlari pedagogik faoliyat bilan shugullanayotgan barcha mutaxassislarga tegishli bulib, bunda mavjud extiyojning tulakonli kondirilishi ta’minlanadi. Adaptiv (moslashuvchan) ta’lim extiyojlari esa pedagogning faoliyat turi va u ishlayotgan muassasa yunalishiga mos tarzda belgilanadi.
Pedagogning kasbiy extiyojlarini uning o’quv-tarbiya jarayonida belgilangan me’yoriy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun zarur bulgan, ayni paytda, xal etilmagan talablarni bartaraf etishga yunaltirilgan pedagogik xolati sifatida izoxlashimiz mumkin.
Kasbiy extiyoji paydo bulgan o’qituvchi uni kondirishga karatilgan yullarni faol izlay boshlaydi. Aksariyat xollarda ularning tayanch nuktasi va umidi malaka oshirish davri xisoblanadi. Mazkur masala yuzasidan tadkikot utkazgan olimlar bu davrda asosiy e’tiborni shaxsning tegishli fan va texnika tarmogidagi yangi yutuklar, yetakchi maxalliy va xorijiy tajribalar xakidagi bilimlarni egallashga bulgan extiyojini kondirishga karatish lozimligini ta’kidlaydilar.
Malaka oshirish o’quv dasturlari va rejalari, mazmuni va sifatiga kuyiladigan Davlat talablari mamlakatni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish istikbollaridan, ta’lim muassasalarining extiyojlaridan, yangi pedagogik texnologiyalarni va ukitishning noan’anaviy shakllarini rivojlantirishdan, pedagog kadrlarning malakasini oshirish soxasidagi jaxon yutuklari va an’analaridan kelib chikib, extiyojga asoslangan xolda doimiy takomillashib boradi.
XTXMMO tizimi mazmunining ta’lim extiyojlariga asoslanganligi va kurilganligi pedagogning kasbiy extiyojlarini kondirishga karatilgan faoliyat (malaka oshirish)ga undovchi asosiy sababni (motivni) yuzaga keltiradi, ushbu sabab ta’sirida o’qituvchi va boshka sub’ektlar faolligi ortadi. Faollik masalasi esa XTXMMO tizimini takomillashtirishdagi tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarda kuzda tutilgan xolatdir.
Xususiy xolda XTXMMOning ta’lim extiyojlariga asoslanganligini malaka oshirish o’quv reja va dasturlaridagi o’quv bloklari xamda modullar (fanlar) mazmunini aynan ta’limning ijtimoiy extiyojlari va o’qituvchilarning kasbiy extiyojlaridan kelib chikib, buyurtmachi talablari va tavsiyalariga muvofik shakllantirilganligi, deb karash mumkin.
Malaka oshirish o’quv bloki va modullarida o’qituvchining malaka oshirishga bulgan extiyojini aks ettirish uning ma’lum talablarga mos keluvchi kasbiy faoliyati va shaxsiy sifatlari asosida amalga oshiriladi.
Kuplab olimlar o’qituvchilik kasbi va psixologiyasini tadkik kilib, o’qituvchining kasbiy faoliyati va shaxsiy sifatlariga oid talablar yuzasidan ilmiy asoslangan xulosalarga erishganlar. Jumladan, professor J.Yuldoshev o’qituvchi shaxsiy sifatlari va xususiyatlarining namoyon bulish darajasini urganish va taxlil kilishda kirishimlilik, xissiy barkarorlik, yetakchilik, ijtimoiy yetuklik, ishonuvchanlik, ijtimoiy jasorat, dadillik, mustakillik, uz-uzini nazorat kilish kabi omillarga aloxida e’tibor karatadi. Shuningdek, pedagogik faoliyatning sifatlari va tarkibiy kismlari buyicha ma’lumotlarni taxlil kilish natijalari asosida pedagoglar ishi samaradorligini belgilaydigan 6 ta omilni keltiradi: kasb maxorati omili; uz-uzini ijodiy ruyobga chikarish omili; uz-uziga ta’lim omili; dinamizm va xissiy barkarorlik omili; konstruktivlik omili; onglilik omili [55; 202-b.].
B.Ziyomuxammadov tomonidan o’qituvchi-muallimlarning kuyidagi ijtimoiy sifatlari tarifasida muayyan fandan bilim berish uchun shu fandagi bilimlarni puxta egallagan bulishi; o’qituvchi va pedagog bolalarga bilim berishni amalga oshirayotganda, muayyan yoshdagi bolalar vujudida sodir bulayotgan fiziologik va ruxiy xodisalarni yaxshi bilishi; o’quvchilarni muayyan jamiyat va unda olib borilayotgan siyosat bilan tanishtirib borishi; pedagog muayyan jamiyatda tarixan shakllangan ijtimoiy guruxlardan talabalarni xabardor etib borishi; yosh avlodni axlok va odobga urgatishi; estetik tarbiyalangan bulishi kabilar sanalgan.
Ye.Mizyulina xam zamonaviy o’qituvchining shaxsiy sifatlari tarkibiga kirishimlilik, notiklik, yorkin tasavvur, tirishkoklik, gayratlilik va sobitkadamlik, ta’sirchanlik va xissiyotlik, rostguylik va adovatsizlik, mexnatkashlik va mas’uliyatlilik, improvizatsiyaga ishtiyok, darsning kichik xayot ekaniga ishonishi kabilarni kiritadi [69].
R.Axlidinov tadkikotlarida o’qituvchilarning faoliyatini baxolash kursatkichlari sifatida dars berish usullarini uzlashtirganlik; fanning mazmunini bilish; foydalanilgan ukitish texnologiyalarining samaradorligi; o’quvchilarga Davlat ta’lim standartlari asosida anik talab kuya olish; o’quvchilarga darajalangan (tabakalashgan) xamda individual munosabat; o’quv muammolarining samarali xal kilinishi; o’quvchilarni ilxomlantira olish kobiliyati; o’quvchilar bilan mulokotga kirishish kobiliyati; o’quvchilarning baxoga nisbatan javob munosabatini ta’minlash tavsiya etilgan.
Sh.Kurbonov va E.Seytxalilovlar tomonidan ta’lim muassasalari xodimlarining yunalishiga va xodim umummanfaat yulida kushishga tayyor bulgan xissaning xajmiga kura farklanuvchi tashkiliy xatti- xarakatining asosiy turlarini tashabbuskorlik xatti-xarakat tipi; ijrochilik tipi; iste’molchilik tipi; mavjud emaslik tipiga ajratib urganilgan.
O’qituvchining kasbiy faoliyati undagi kasbiy kobiliyatlar bilan uzaro boglik bulib, asosiy kasbiy kobiliyatlarni I.Podlasыy kuyidagicha guruxlagan .
- tashkilotchilik kobiliyati o’qituvchining o’quvchilarni uyushtirish, ularni band kilish, vazifalarni taksimlash, ishni rejalashtirish, bajarilganlarni umumlashtirishdagi xarakatlarida namoyon buladi. Shu bilan birga jamoani uyushtira bilish, axillik, birdamlik va xamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini jipslashtira olish, uzining shaxsiy faoliyatini tugri tashkillashtira olish xam ushbu kobiliyat tarkibiga kiradi;
didaktik kobiliyat o’quv materiali, kurgazma, vosita va kurilmalarni tanlash va tayyorlash, o’quv materialini tushunarli, ta’sirli, puxta va tizimli bayon kilish, akliy kizikishlar va ma’naviy extiyojlar rivojlanishini kullab-kuvvatlash, o’quv-bilish faolligini oshirish kabilarda kurinadi;
perseptiv kobiliyat tarbiyalanuvchilarning ichki dunyosiga kira bilish, ularning xis-tuygulari xolati, ruxiy kechinmalarini ob’ektiv baxolay olish, psixologik kuzatuvchanlik, psixik xolatlari bilan boglik nozik tomonlarini idrok etish kabi kobiliyatlaridan iborat;
kommunikativ kobiliyat o’quvchilar, ularning ota-onalari, xamkasblar va muassasa raxbarlari bilan pedagogik maksadli munosabatlarni urnatish, uzaro axborot almashinuv, aloka kila olish kobiliyatlarini uzida mujassamlashtiradi;
suggestiv kobiliyat bu o’qituvchining o’quvchilarga emotsional-irodali ta’sir etishi, ishontira olishidir;
tadkikotchilik kobiliyati o’qituvchining pedagogik vaziyat va jarayonlarni anglash va ob’ektiv baxolash malakalaridan iborat.
O’qituvchining shaxsiy sifatlariga uning kasbiy sifatlari xamda insoniy fazilatlari kiradi. Kasbiy sifatlar tarkibi, asosan, o’qituvchining mexnatsevarligi, ishchanligi, intizomliligi, mas’uliyatliligi, kat’iyatliligi, uyushkokligi, uz mexnat sifatini oshirishga bulgan intilishidan iborat bulsa, insoniy fazilatlari esa uning insoniyligi, mexrliligi, bardoshliligi, tartibliligi, tugri suzligi, adolatliligi, ob’ektivliligi, saxiyligi, odamlarga xurmati, yukori axloki, optimistligi, xissiy vazminligi, mulokotga kirishimligi va talabchanligi, tarbiyalanuvchilar xayotiga kizikishi, xayrixoxliligi, uziga tankidiy munosabatda bulishi, samimiyligi, uzini tuta bilishi, obrusi, vatanparvarligi, prinsipialligi, raxmdilligi, ruxiy madaniyati va boshka kuplab sifatlarida namoyon buladi.
«Pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga kuyiladigan davlat talablari»da zamonaviy pedagog javob berishi lozim bulgan talablar kompleksi belgilangan, unga kura mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy (fundamental) talablar kuyidagilar ekanligi kayd etiladi: ukitish (dars berish) maxorati; tarbiyalash maxorati; o’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar; ta’lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat kilish va baxolash maxorati
Yukorida zikr etilgan va pedagogning kasbiy faoliyati xamda shaxsiy sifatlari buyicha muxim xisoblanadigan, o’quv-tarbiya sifati, samaradorligini yaxshilashda o’qituvchining ta’sirini oshiruvchi parametrlarda kuzatilgan muammolar pedagogda malaka oshirishga bulgan extiyoj sezilayotganligidan dalolat beradi. Zero, o’qituvchining pedagogik maxorati bir-biri bilan alokador tarkibiy parametrlardan iborat bulib, ularda aks etadigan muammo va kamchiliklar ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan kismida natijaning salbiy bulishiga olib kelishi mumkin.
Bu esa kuzatilgan muammo va kamchiliklar buyicha pedagogning malaka oshirishga bulgan extiyojini aniklashning tarkibiy yunalishlari mazmunini belgilash zaruratini kursatadi. Yukorida keltirilgan ilmiy xulosalar va fundamental talablar mazkur zaruratga karatilgan yondashuvlarni amalga oshirishning asoslanganligini ta’minlaydi. Jumladan, o’qituvchining kasbiy faoliyatiga oid urganiluvchi va baxolanuvchi yunalishlarni kuyidagicha etib belgilash mumkin: faoliyatning ijtimoiy yunalganligi; faoliyatning ommalashganligi; faoliyatda texnika, texnologiya va vositalarni kullash; faoliyatdagi xamkorlik; o’quv predmeti buyicha o’quvchilar bilim sifati; ma’naviy-xukukiy kiyofa; kasbiy majburiyatlarning bajarilishi; kasbiy professionalizmning darajalari.
O’qituvchilik kasbi jamiyatga barkamol shaxs tarbiyachisi sifatidagi faoliyatning ijtimoiy yunalganligi orkali bor mavkeini namoyon kiladi. O’qituvchidagi faoliyatning ijtimoiy yunalganligi ukitish maksadlarini, jumladan, ta’limiy - o’quv materiallaridagi ilmiy bilimlarni o’quvchilarga yetkazish, tarbiyaviy - tegishli fan mazmunida yotgan goyalar, dunyokarashlar ta’sirida o’quvchining shaxsiy sifatlarini shakllantirish, rivojlantiruvchi - shaxsning akliy kamolotini, bilish kobiliyatini, ukishga, mexnatga bulgan munosabatini rivojlantirishdan iborat maksadlarini moxiyatan tugri belgilay olishida kurinadi.
Shu bilan birga, faoliyatning ijtimoiy yunalganligi darajasi ta’lim va tarbiya masalasiga jamiyat tomonidan kuyilgan talablar talkini, jumladan, ta’limni islox kilish xamda umumiy urta ta’lim turi va mazmunini shakllantirish omillari, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yunalishlari, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga kuyiladigan majburiy minimal talablar xossalariga oid bilimlarda uz aksini topadi.
O’qituvchi shaxsi va maktabning jamiyatdagi urni va rolini chukur anglash, inson kelajagi va manfaatlarini Prezident asarlari, Buyuk ajdodlarimiz merosi, karashlari va zamonamiz olimlari asarlari asosida izoxlay olish, milliy goya, milliy mafkura asoslarini tushunish, turli salbiy ijtimoiy ta’sirlarni izoxlay olish xam faoliyatning ijtimoiy yunalganligi tarkibiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |