1.3. Suvni iste’mol qilish.
Suvni ochiq havzalardan, quduqlardan, suv saqlash idishlaridan iste’mol qilmaslik talab etiladi (markaziy suv ta’minoti yo‘q joylarda)
Suvni ichishdan oldin qaynatish, dezinfeksiyalash yoki maxsus tozalash tizimidan o‘tkazish zarur
Ochiq suv xavzalarida (ariq, ko‘l va x.k.) yuvilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish mumkin emas, chunki ulardan hayvonlar ham suv ichadi, ularga iflos narsalar oqiziladi.
Umumta’lim maktablarida SGShni tashkil etish bo‘yicha umumiy talablar:
Sinf xonalari va boshqa o‘quv va yordamchi xonalarni darslardan so‘ng oyna yoki framugalarni ochib amalga oshiriladi .
Agar maktab 2 smenada ishlasa tozalash ishlari 2 marta amalga oshiriladi. Pol yuvib, chang yig‘iladigan joylar artib chiqiladi (deraza tokchalari, radiatorlar va x.k.).
Oyda bir martta nafaqat yuvish, balki dezinfeksiyalash vositalarini qo‘llagan holda umumiy tozalash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun 0,5-1% xlor eritmasi, xloramin yoki kalsiy gipoxloridning 1% eritmasidan foydalaniladi.
Deraza va romlar ichki va tashqi tomondan yiliga ikki marotaba yuviladi (bahorda va kuzda).
Umumiy foydalanish joylari har doim dezinfeksiya vositalari yordamida tozalaniladi (tualetlar, bufet, oshxona va tibbiyot xonasi).
Sanitar-texnik jihozlar epidemik vaziyatga qaramay kundalik zararsizlantirilib turadi.
Unitaz o‘tirg‘ichlari, oqizish tutqichlari va eshik tutqichlarini sovunli iliq suv bilan yuviladi.
Rakovina, unitazlar dezinfeksiya vositalari bilan kvacha yoki щetkalar yordamida yuviladi.
Parazitlar tuxumlarining hashoratlar, ayniqsa pashshalar tomonidan tashilishi, ular tomonidan oziq ovqat mahsulotlari ustida qoldirilishi.
Gelmintlarni tarqatishda pashshalar katta rol o‘ynaydi. Uy hovlilarida ochiq o‘ralarni ko‘rishimiz mumkin, uy egalari bunday o‘ralarga axlat va chiqindilar tashlaydilar. Ana shu o‘ralar gelmintlar tuxumlarining makoni hisoblanadi. Shuningdek, gelmintlar tuxumlarining makoni umumiy hojatxonalar va go‘ng uyumlari hisoblanadi. Quruq va issiq kunlarda pashshalar shu yerlarda uchib yuradilar va gelmintlar tuxumlarini qanotlari va oyoqlarida tashib, qo‘ngan joylariga, eng avvalo oziq ovqat mahsulotlari ustiga tarqatadilar,
Dostları ilə paylaş: |