O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə48/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

1-amaliy topshiriq
Maktabingizni missiyasini aniqlang
Ta’lim muassasasi faoliyatini samarali rivojlantirishning strategik rejasini tuzish modeli
Strategik rejalashtirish-bu: Ta’lim muassasasi vazifasining tavsifi. Maqsad, vazifalarni belgilash va rejalarni tayyorlash. Ertaga yaxshi natijalarga erishish uchun bunday qarorlarni bugun qabul qilish.
Strategik rejalashtirishdagi zarur amallar: Natijaga erishish yo‘lini oldindan ko‘ra bilish. Bugungi va ertangi kun talablariga tezkor moslashish. Resurslarni taqsimlashda yaxshi natijalarga erishishni ko‘zlash.
Strategik rejalashtirish maqsadlari: Muassasa faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirish; O‘sish sur’atini oshirish; Rahbarlar e’tiborini strategik muammolarga jalb etish; Resurslarni muhim va dolzarb sohalarga yo‘naltirish; Eng yaxshi qarorlarni qabul qilish; Real budjetni tuzish; Muassasaning zaif va kuchli tomonlarini, xavf va imkoniyatlarini tahlil qilish; Muassasa faoliyatini samarali muvofiqlashtirish; O‘zaro muloqot (kommunikatsiya)ni takomillashtirish; Faoliyat ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish; Muassasa holati va imkoniyatlarini tahlil qilish;
Rahbar va xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash, qulaylik yaratish; Belgilangan maqsadga erishishning samarali yo‘llarini topish; Rivojlanishni ko‘zlaydigan real maqsadlarni qo‘yish; O‘zgaruvchan holatni e’tiborga olib, faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradigan ichki auditni yo‘lga qo‘yish; Charchagan yoki mudrab qolgan jamoani “uyg‘otish” va harakat qilishga undash.
Strategik rejalashtirishda xavf-xatar: Ichki qarshilik; Rejalashtirish ko‘p resurs talab etadi: vaqt, odamlar, ish, ba’zan mablag‘; Inqirozdan chiqishda har doim ham yetarli yordam berilmaydi; Rejalashtirish - qiyin ish; Kelajak haqida o‘ylayotganda, allaqachon tadbiq etilgan rejalar qayta belgilanishi mumkin.
Strategik rejalashtirish nima uchun kerak? Natijalar yaxshilanadi. Strategik rejalashtirish katta va kichik maktablar uchun birdek muhim. Ko‘zlangan maqsaddan nima kutilishini aniqlashga yordam beradi. Muassasa faoliyatining maqsad va yo‘nalishlarini turli darajadagi rahbar va xodimlar birdek tushunadilar. Strategik reja faoliyat yo‘nalishini saqlab qolishga yordam beradi, doim natija va yutuqlarni o‘lchab boradi. Muammolar yechimi. Rejalashtirish muassasaga dolzarb muammolarni aniqlash, ustuvorlarini belgilash va ularni yechish uchun imkoniyatlarni safarbar etish jarayonida birlashishga yordam beradi. Bunda resurslarni to‘g‘ri taqsimlash hamda xatolarni chetlab o‘tish mumkin bo‘ladi. Jamoada hamjihatlilik va tegishlilik hissini kuchaytirish. Strategiyani ishlab chiqishda jamoa ishtiroki, maqsadga yo‘nalganlik va intilishni oshiradi. Strategik rejalashtirish ishtirokchilari birgalikda belgilangan maqsadga erishish uchun ko‘proq kuch sarflaydilar. Rejalashtirish jarayoni rahbarlarga tashkilotda hamjihatlik madaniyatini shakllantirishga yordam beradi. Imidjni yaratish: Mukammal (aniq) strategiyaga ega bo‘lish, hamkorlarni topish, homiy va ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishga yordam beradi.
Samaradorlik: Strategik reja asosida faoliyat ko‘rsatadigan muassasalar o‘z resurs va ish kuchlarini samarali taqsimlaydilar. Samarali maktablar uzoq muddatli strategiyaga egalar, doim kelajakka intiladilar, ko‘zlangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatni baholaydilar, o‘zgaruvchan sharoitni o‘rganib boradilar va unga moslashadilar.
Rahbar faoliyatida eng muhimi – kelajakni ko‘ra olishi va XXI asr talablariga javob beruvchi strategik rejani tuza olishi hisoblanadi.
Strategik reja- maktabga uzoq davrga berilgan topshiriq bo‘lib, u maktab doirasida joriy yillik rejalashtirish uchun boshlangich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Zarurligi quyidagilar bilan izohlanadi:
aniq maqsadni aniqlashga va shakllantirishga imkon beradi
tashqi muhitga moslashtirishga yordam beradi
samarali boshqaruv tarkibi va tizimini yaratishga imkon beradi
barcha bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirishga sharoit tug‘diradi
barcha resurslarni, ishchi kuchi, moliyaning samarali taqsimotini ta’minlaydi

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin