O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


"Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligini kuchaytirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə51/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

1. "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligini kuchaytirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar
Hamkorlikdai ko‘zlangan asosiy maqsad - har tomonlama rnvojlangan avlodni tarbiyalashda oilalar, ota-onalar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘grisida"gi qonunida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lib, uni amalga oshirishda jamoatchilik tashkilotlari, ta’lim muassasalari, huquqiy-targ‘ibot organlari hamda ota-onalarning vazifalari, ularning o‘zaro hamkorligi masalalariga e’tibor qaratilgan. Ushbu me’yoriy xujjatlar talabidan kelib chiqib, masalaning mohiyati, avvalo o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan xuquqbuzarliklarning oldini olishda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Shu bois, ushbu sohada keng miqyosda faoliyat olib boruvchi barcha bo‘g‘inlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish ahamiyatlidir.
Shu bilan birgalikda mamlakatimiz fuqarolari orasida g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarni takomillashtirish, shuningdek loqaydlik, beparvolik, milliy qadriyatlarimizga bepisandlik kabi tuban ijtimoiy illatlar jamiyat va davlat uchun g‘oyat zararli ekanligini yoritib berishda Prezident Islom Karimovning "G‘oyaga qarshi goya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyilini yoshlar ongiga singdirish, Vatanini chin dildan sevadigan, millat ravnaqini o‘ylaydigan, eng yaxshi tarbiyaviy urf- odatlarini saqlab qola oladigan avlod qilib shakllantirishda "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligining o‘rni muhimdir.
1. Mahalla fuqarolar yigini va ta’lim muassasalari hamkorligida:
- ta’lim-tarbiya jarayoniga oid normativ-xukuqiy xujjatlarni takomillappirish yuzasidan takliflarni belgilangan targibda tegishli davlat organlariga kiritish;
- ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchi- yoshlar va ularning ota-onalari orasida tegishli mutaxassislar (psixologlar, ijtimoiy xizmat mutaxassislari va b.)ni jalb qilgan holda turli so‘rovnomalar o‘tkazib borish, shuningdek psixologik maslahatlar, treninglar tashkil etish;
- oila, umumta’lim maktablari, o‘rga maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalari va mahalla hamkorligining aniq samarasini ta’minlash;
ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish, o‘kuvchilarga bilim olishi va kasb-xunar egallashi uchun (mehnat faxriylari, kasblarda yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar, olimlar va yozuvchilarni taklif etgan holda hayotiy misollar orqali) har tomonlama ko‘mak berish;
- o‘quvchi-yoshlarda kelgusi oilaviy hayot, mahalla va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish (yoshlarda kelgusi oilaviy hayot ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘p yil birgalikda baxtli yashab kelayotgan namunali oilalar tajribasidan foydalanish);
o‘quvchi-yoshlar ongi va qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, kelajakka ishonch va intilish, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik kabi fazilatlarni singdirish, ularda faol fuqarolik mas’uliyatini oshirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga erishish;
- qonunchilik talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalariga yaqin xududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlarining sotilishiga yo‘l ko‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga ko‘maklashish, giyohvandlik illatining ogir oqibatlari haqida mutaxassislarni jalb qilgan holda manzilli, muntazam tushuntirishlar olib borish;
- ta’lim hamda mahalla tizimidagi islohotlar, yangiliklar xakida ota-onalar va keng jamoatchilikiiig doimiy ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida yangilik burchaklarini tashkil etish hamda o‘zaro axborot almashinuviii yo‘lga ko‘yish, yangiliklarni elektron lavhalar, ommaviy axborot vositalari orkali yoritib borish.
2. Mahalla fuqarolar yig‘ini va Ota-onalar kengashi xdmkorligida:
ota-onalar orasida farzandlar tarbiyasidagi konstitutsion mas’upiyati va majburiyatini anglash bo‘yicha muntazam targ‘ibot olib borish;
"Hech kim, hech qachon e’tibordan chetda qolmasligi kerak" tamoyili asosida o‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga karshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish (oilalardagi ma’naviy muhitni o‘rgangan hodda, sabablaridan kelib chiqib tezkor chorapar ko‘rish);
- "Ota-onalar universitetlari" mashg‘ulotlari orkali ota-onalarga farzandlari bilan o‘zaro munosabatlarini musgahkamlashda mahalla va oilaning jamiyatdagi o‘rni alohida ekanligini tushuntirish.
Yuqorida kayd etilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishini mustahkam tamoyillarga tayangan holda amalga oshirish talab etiladi.
Birinchidan, samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchi-yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish va mustahkamlashda keng jamoatchilik kuchi va tajribasiga tayanish zarur. Bunday jamoatchilik aynan mahallada to‘plangan bo‘lib, yosh avlodga milliy qadriyat va an’analarimizning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu fazilatlarini yoshi ulug‘, hayot tajribasiga hamda mahallada, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega insonlar, o‘z mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shib, el-yurtga tanilgan mashxur kishilar faoliyati misolida o‘rgatish yaxshi samara beradi.
Ikkinchidan, xurfikrlilikka tayangan holda, yoshlarni xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizning eng yuksak maqsadlari yo‘lida fidokor bo‘lish ruhida tarbiyalash, bunda barchaning ko‘z o‘ngidagi oilalar va ularda kamol topayotgan farzandlar uchun tarixan o‘z isbotini topgan birlamchi va mustahkam qo‘rg‘on - bu mahalla ekanligini anglatish muhimdir.
Uchinchidan, yoshlarni O‘zbekistonga, ulug ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘la oladigan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zero, yoshlarning tarbiyasi aynan yon-atrofdagilar, yaqinlar va uning timsoli bo‘lgan mahallada shakllanadi.
To‘rtinchidan, yoshlarning umumbashariy yutuqlarni egallash ruhida ta’lim va tarbiya olishi barkamollikning muhim sharti bo‘lib, bunday barkamollikka oilada tarbiya beruvchi ota-ona, ta’lim beruvchi ustoz va keng jamoatchilik ko‘magisiz erishib bo‘lmaydi.
Beshinchidan, o‘quvchining bilimli, mustaqil fikrlovchi erkin
shaxs sifatida shakllanishi, o‘zida mavisud bo‘lgan salohiyatni to‘la
ro‘yobga chiqarishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shu orqali jamiyatdagi ijtimoii-siesii iqlimga ijooii ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ularga anglatish zarur. Bunda bir tomondan o‘quvchining tayanchi bo‘lgan oila, ikkinchi tomondan o‘z yaqinlari bilan yashash maskani bo‘lgan mahalla, uchinchi tomondan ta’lim-tarbiya beshigi bo‘lgan ta’lim muassasasining yaqin birligi hal qiluvchi vazifani bajarishi shart.
Oltinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga, zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan ongli, tafakkuri tiniq, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga kamarbasta bo‘la oladigan, komil insonlarni tarbiyalashga barchaning mas’ul ekanligini jamoatchilik orasida muntazam targib etib borish talab etiladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin