VII. Maktab jamoasidagi psixologik holat monitoringi. 1. Maktab psixologining faoliyati monitoringi.
2. Pedagogik odob va madaniyatga rioya qilish monitoringi.
3. O‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun psixologik qulayliklar darajasi monitoringi.
4. Jamoaning dolzarb muammolarini hal etishga psixologik tayyorligi monitoringi.
5. Ichki tartib - qoidalarning bajarilishi monitoringi.
Monitoringni amalga oshirish bosqichlari: - monitoringni rejalashtirish;
- tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish;:
- monitoringni o‘tkazish rejalarini amalga oshirish,
- natijalarni to‘plash;
- natijalarni tahlil qilish, xulosa chiqarish, tavsiyalar tayyorlash;
- monitoringni amalga oshirishda uning xolisligini ta’minlash;
- monitoringni yakunlash bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichlarning har birida amalga oshiriladigan ishlar asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Monitoringni rejalashtirish va tayyorgarlik bosqichlari: Monitoring o‘tkazish maqsadini va mavzusini belgilash.
Monitoring ob’ektlarini belgilash.
Monitoringni amalga oshirish rejasi, dasturi, yo‘riqnoma, tavsiyanoma, so‘rovnoma, sinov, test materiallarini, suhbat mavzularini, amaliy va laboratoriya ishi topshiriqlarini amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda tayyorlash.
Belgilangan mavzuga tegishli har bir masala bo‘yicha me’yoriy-huquqiy, metodik hujjatlar hamda ular asosida maktabda ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar, rejalar, hisob, hisobot hujjatlarining har biri bo‘yicha qaysi ma’lumotlarga asosiy e’tibor qaratish lozimligini belgilash.
Asosiy mezonlarni belgilash.
Monitoring o‘tkazuvchilarni tayinlash, ularga vazifalarni taqsimlash.
Monitoring dasturidagi har bir masala bo‘yicha kim, qaerda, qachon va qaysi vazifalarni bajarishini belgilash.
Monitoringni amalga oshirish vaqtini, davomiyligini, davriyligini (bosqichlarini) belgilash.
Natijalarni tahlil qilish maqsadi, tahlilni amalga oshirish tartibi, natijalarni, yutuq va kamchiliklarni yozish va rasmiylashtirish shakllarini belgilash.
Monitoring o‘tkaziladigan ob’ektlarga va monitoring o‘tkazuvchilarga oldindan xabarlar yetkazish.