«Alp» metodi yordamida kun tartibini rejalashtirish.
Bu metod 5 bosqichdan iborat:
Topshiriqlarni taqsimlash;
Faoliyat davomiyligini baholash;
Vaqtni belgilab qo‘yish;
Birinchi va ikkinchi darajalilarga ko‘ra rejalashtirish;
Bajarilganlarni nazorat qilish.
ABC tahlil yordamida yetakchilarini ajratish.
Bu texnikaning asosi shundan iboratki, unga ko‘ra eng muhim va unchalik muhim bo‘lmagan ishlarning miqdori foizda katta ahamiyat kasb etmaydi. Barcha topshiriqlar ularning ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra 3 sinfga ajratiladi. AVS taxlil 3 qonuniyatga asoslanadi:
Eng muhim ishlar mutaxassis shug‘ullanadigan ishlarning 15 %ini tashkil qiladi. Maqsadga erishish uchun bu topshiriqlarning ahamiyati 65%ni tashkil etadi;
Muhim topshiriqlar 20%ni tashkil etib, ularning maqsadga erishish uchun ahamiyati xam 20% xisoblanadi;
Unchalik muhim bo‘lmagan topshiriqlar 65% bo‘lib, maqsadga erishishda ularning ahamiyati 15% ni tashkil etadi.
AVS taxlilni qo‘llash uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
Barcha topshiriqlarning ro‘yxatini tuzish;
Ularni ahamiyatlilik darajasi bo‘yicha ketma ket tizimlashtirish;
Nomerlab chiqish;
Topshiriqlarni AVS kategoriyalari bo‘yicha taqsimlash;
A kategoriyalaridagi topshiriqlarni birinchi rahbar xal qiladi;
V kategoriyalaridagi topshiriqlarni bajaradigan xodimlarga taqsimlaydi;
S kategoriyadagi topshiriqlar o‘z axamiyati bo‘yicha xodimlardan boshqa mos xodimlarga taqsimlanadi.
Eyzenxauer prinsipi bo‘yicha tezlashtirilgan taxlil.
Bu prinsipning axamiyati zarur vaziyatlarda qaror qabul qilish vaqtida juda muhim. Ahamiyatlilik darhol bajarish lozim va juda zarur tamoillariga ko‘ra taqsimlanadi. Ular to‘rt guruhga bo‘linadi:
Darhol bajarilishi lozim (juda zarur) bo‘lgan topshiriqlar, ularni menejer bajaradi;
Darhol bajarilishi lozim (o‘rtacha zarur) bo‘lgan topshiriqlar, ularni menejer ma’lum bir xodimlarga yuklashi mumkin;
Darhol bajarilishi zarur bo‘lmagan (juda zarur) topshiriqlarni, ularni menejer o‘zi lekin keyinroq bajarishi mumkin;
Darhol bajarilishi zarur bo‘lmagan (o‘rtacha zarur) topshiriqlarni, ularni menejer ma’lum bir xodimlarga yuklashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |