O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Pedagog kadrlar malakasin oshirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə86/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Pedagog kadrlar malakasin oshirish – ta’lim turlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari talablari (Davlat talablari) asosida kasbiy va pedagogik mahorat doimiy ravishda o‘sib borishini, o‘quv-tarbiya jarayoni yuqori ilmiy-metodik darajada olib borilishini ta’minlaydigan o‘qitiladigan o‘quv fani yoki kurs, pedagogik yoki axborot texnologiyalari va o‘qitishning interaktiv metodlari bo‘yicha kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish.
Malaka oshirish shakllari: (Batafsil ilova № 9 da)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish):
- malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida (akademiya, institut, markaz, fakudltet, kurslarda) o‘qitish;
- bazaviy ta’lim muassasasida o‘qitish;
- “Ustoz-shogird” metodi bo‘yicha ta’lim muassasasida o‘qitish;
- ishlab chiqarishda tajriba orttirish;
- ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
- xorijda tajriba orttirish;
- mustaqil o‘qib bilim orttirish;
Bilvosita malaka orttirish (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish):
- ilmiy (ilmiy-pedagogik) kengashning qarori bo‘yicha ijodiy ta’til;
- ochiq o‘quv mashg‘ulotlari;
- ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust o‘qishlari va hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashish.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yuqorida qayd qilingan asosiy turlari va shakllari uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlari uchun umumiy hisoblanadi. Shu bilan birga, ta’limning har bir turi alohida holda ularga kadrlar tayyorlashning xususiyati bilan bog‘liq ravishda pedagog kadrlar malakasini oshirishning boshqa shakllariga ham ega bo‘lishi mumkin.

Pedagog kadrlar uchun malaka oshirishning tegishli shaklini tanlash o‘quv-tarbiya jarayoni sifati monitoringi (diagnostikasi) natijalari hamda o‘quv yili mobaynidagi har bir pedagogning kasbiy malaka darajasi, Davlat talablariga muvofiq va pedagogning o‘z xohishlaridan kelib chiqqan holda pedagog kadrlarni ichki attestatsiyadan o‘tkazish asosida amalga oshirilishi kerak.


Malaka oshirishni o‘tkazishning vaqt parametrlari malaka oshirishning belgilangan shakllariga, malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri turlariga ehtiyoj sezgan pedagoglarning umumiy kontingentiga va joylarda o‘quv-tarbiya jarayoni sifati eng yuqori darajada ta’minlangan taqdirda, malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari imkoniyatlariga bog‘liq holda belgilanadi.
Malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin