P Pedagogik diagnostika o‘quvchining o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning o‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo‘naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan hatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi.
edagogik diagnostika (tashxislash) esa – nazorat qilish va baholash usullarining jamlanmasi bo‘lib, bu ta’lim jarayonini optimallashtirish, ta’lim oluvchilarga differensial yondashish va ta’limiy dasturlar va pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini takomillashtirish orqali namoyon bo‘ladi. Pedagogik diagnostikaning maqsadio‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.