Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti kafedra: Oʻzbek tili va adabiyoti kurs ishi mavzu


-BOB. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#140843
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek adabiyoti kurs ishi Jabborova Xurshida 3-V

2-BOB. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari
Ushbu asarda Inson-Urush-Oʻlim g‘oyasi nihoyatda teran yoritilgan. Asar katta bir davrni qamrab olgan. Bu davrda esa, insonning tabiiy ehtiyoji-erk boʻg‘ilgan, jamiyatni yakkahokim mafkura-sovet mafkurasi boshqargan edi. Asardan maqsad davrni inkor qilish, hozirgi kunga nisbat berib, salbiy fikrlar aytish emas, balki butun bir davr-shoʻro mafkurasining intihosida shu jamiyatda ozmi-koʻpmi yashagan insonlarning ruhiyatlarida qanday oʻzgarishlar sodir boʻldi va bu oʻzgarishlar adabiyotimizda qay tarzda akslanganini aniqlash va tahlil qilishdir.Komissar davrning “qoʻl-oyog‘i”, “qulog‘i” ga aylangan kimsa. U oʻzini butkul jamiyatni unsurlardan tozalashga baxshida etgan edi. Goʻyo, bu uning uchun muqaddas vazifa edi. Shunday boʻlsa-da, u shaxs sifatida shakllanmayotgan, ruhan tozalanishga harakat qilmayotgan, aksincha, oʻzining oniy ojizligidan-da g‘azablanadigan edi. U uchun har qanday fikr quvvatsiz, bu fikrning egasi esa doimo undan ancha “pastda” koʻrinar edi. Romanda urush talqini tamomila yangicha. Avvalgi urush haqidagi asarlardan farqli oʻlaroq bu yerda qarama-qarshi turgan kuchlarni doʻst-u-dushmanga, oq-u-qoraga ajratish yoʻq. Bu yerda g‘oliblar-u mag‘lublar, qahramonlar-u hoyinlar yoʻq, faqat urush qurbonlari, oʻsha davrdagi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy ayirma, raqobat jabrdiydalari boʻlmish begunohn insonlar bor xolos. Urush har ikki tomon uchun ham vayronagarchilik, oʻlim, judolik, musibat, tandagi, qalblardagi jarohat, daxshatli fojia!Oʻtkir Hoshimov afg‘on urushiga borib halok boʻlib kelayotgan yigitlar, ham jismonan sog‘lom qaytganlari ruhan kasalmand boʻlib qolganini “Tushda kechgan umrlar” romaniga Rustamni bosh obraz sifatida olib kirishga asos boʻldi. Pokiza oʻyli, rost soʻzli, ezgu amalli Rustamning xatti-harakatlari, kechinmalari kitobxonni oʻziga rom qiladi. Uning oʻz quroldoshlari Temur va Hayriddinga munosabatida, Shaxnozaga muhabbatida, onasini ayashlarida, otasi uchun kuyinishlarida ulkan insoniy samimiyat bor. U ichdan marifatli odam. Asarda olamning butun alamli jihatlari Rustam taqdiri orqali tasvirlangan deyish mumkin. Asarni tub ildizi urushdan oldingi qatag‘on yillari bilan boshlanadi.

Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin