VII.O`quv fanining o`zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash Baholash-ta`lim jarayoninig ma`lum bosqichida o`quv maqsadlarga erishganlik darajasini
oldindan belgilangan mezonlar asosida o`lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat
jarayondir.Ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari va aqliy faoliyat darajalarini
baholashda og`zaki va yozma baholash shakllaridan foydalaniladi.Test usuli, reyting tizimi,
o`quvchining bilim va ko`nikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishdan esa pedagogik
jarayon natijalarini xolisona baholashda foydalaniladi.
Joriy nazorat-so`rovlar, seminarlar, yozma ishlar, uy vazifalari ya`ni o`qituvchi o`z amaliyotida
qo`llaydigan barcha so`rov turlarini o`z ichiga oladi;